Test Master dasturi haqida

English grammar and vocabulary tests.

Test Master dasturiga qiziquvchilar odatda quyidagi savollarni so'rashadi:

  1. Test Master dasturi kimlar uchun?
  2. Test Master dasturi qanday imkoniyatlarga ega?
  3. Test Master dasturi nimalardan tashkil topgan?
  4. Test Master dasturini menga qanday manfaati bor!?
Yuqoridagiga o'xshash savol sizda ham paydo bo'lgan bo'lsa, maqolani oxirigacha o'qing, undan so'ng o'zingiz qaror qabul qilasiz.

Test Master dasturi aynan quyidagi shaxslar uchun:

  1. Ingliz tilidan universitet, litsey, kollej va boshqa joylarga test topshirmoqchi bo'lganlar uchun.
  2. Ingliz tilidan Grammatik bilimlarini oshirmoqchi bo'lganlar uchun.
  3. Ingliz tilidan lug'at boyligini oshirmoqchi bo'lganlar uchun.
  4. Ingliz tilidan o'z bilimlarini sinab ko'rmoqchi bo'lganlar uchun.

Test Master dasturi orqali siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lasiz:

  • Yuqori darajali qulaylik
  • Vaqtni tejash

O'tgan XX asrda test jarayonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan shaxs, ishlab chiqqan testlarining to'g'riligini tekshirish uchun javoblar yozilgan jadvaldan foydalanar edi. Bu esa ancha noqulay va test jarayonlariga tayyorlanuvchining ortiqcha vaqtlarini olib qoyadi. Xato ishlagan testlarni kitobchadan topish va qayerda qanday xato qilganini ustozidan so'rash uchun xam anchagina vaqt ketadi.

Har bir shaxs o'zi bilmaydigan yoki yaxshi tushunmagan mavzularini, testlarni ko'proq takrorlashi lozim. Bu bilim olishning eng asosiy qoidasi hisoblanadi. Yoqoridagi tartibda dars qiluvchining 1 oy oldin yoki 2 oy oldin ishlagan testlaridagi xatolarni takrorlash esa, eng ko'p vaqt talab qiladi.

Xullas, Test Master dasturidan foydalanuvchi uchun yoqoridagi muammolarning barchasi o'z yechimini topgan.

Xolagan vaqtida “Learning” jarayoni orqali nafaqat oldin qilgan xatolarini balki, yangi testlarni ham o'rganishi mumkin.

“Ming marta eshitgandan, bir marta ko'rgan afzal” deydi dono xalqimiz. Dasturning demo versiyasini yuklab olib, foydalanib ko'rib o'zingiz baho berishingiz mumkin. Test Master dasturining demo versiyasida 1020 ta test bor. Test Master dasturining demo versiyasini yuklab olish.

Test Master dasturining to'liq versiyasida 12 350 ta test bor.

Test Master dasturining narxi 37 700 so'm.

1 ta testning narxini aniqlash uchun 37 700 ni 12 350 ga bo'lamiz.

37 700 / 12 350 = 3,05

Demak, bitta testning narxi 3 so'm 5 tiyin ekan. Siz juda yaxshi bilasizki, universitetga kirishda yana 1 ta testga to'g'ri javob berish bilan grant asosida universitet talabasi bo'ishingiz mumkin. Yoki aksincha 1 ta testga noto'g'ri javob berish bilan, to'lov – kontrakt asosida talaba bo'lishingiz mumkin. Bu degani grant asosida o'qishga kirsangiz, oilaga kamida 16 000 000 so'm daromad keltirdingiz degani. “Test Master dasturidan foydalangan xamma grant asosida o'qishga kiradi” deb xech kim sizga kafolat bermaydi. Lekin 16 000 000 so'm daromad qilish uchun 12350 ta testni, 3 so'm 5 tiyindan olib o'rganishga arziydi.

FAQ: Eng ko'p so'raladigan savollarga javoblar:

1 – savol: Dasturni kimdir harid qilsa, undan nusxa olib foydalanish mumkinmi?

Javob: Dasturdan nusxa olish mumkin. Lekin foydalanib bo'lmaydi. Chunki har bir xaridorga, to'g'rirog'i har bir kompyuterga alohida dastur kaliti beriladi. Bu kalit boshqa kompyuterlarda ishlamaydi. Agar dasturni hariq qilgan odamning bir nechta kompyuteri bo'lsa, faqat bittasiga kalit beriladi. Qaysi kompyuterga dasturni o'rnatishni haridorning o'zi hal qiladi. Agar 2 ta kompyuterga ham dasturni o'rnatishni xohlasa, 2 - kompyuter uchun yana bitta dastur kalitini harid qilishi lozim.

Diqqat: Dastur kalitini, dasturni xarid qilgan kishingizdan olasiz. Sizga dasturni sotgan kishining telefon nomeri, ismi sharifi, kim va nima ish qilishi haqida to'liq ma'lumot olishingiz lozim bo'ladi. Men faqat shaxsan o'zimdan xariq qilganlarda dastur kalitini beraman. Viloyatdagi hamkorlarimiz o'zlari sotgan xaridor uchun o'zlari dastur kalitini berishlari lozim.

2 – savol: Dasturdan qancha vaqt foydalanish mumkin?

Javob: Dastur aktivlashtirilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida Windows XP, Windows 7 amaliyot tizimlarida ishlashligi kafolatlanadi. Dasturdan foydalanish vaqti tugaganidan keyin texnik yordam ko'rsatish tugatiladi.

3 – savol: Dasturdan foydalanish haqida to'liq ma'lumot berasizmi?

Javob:Dastur bilan birgalikda help.exe nomli fayl beriladi. Shu faylda dasturdan qanday foydalanish tushuntirilgan.

4 – savol: Test Master dasturiga Davlat test Markazining testlari qo'shilganmi?

Javob: Test Master dasturiga Davlat test Markazining testlari qo'shilmagan. Chunki, to be fe'li bo'yicha kim test tuzishidan qat'iy nazar, to be fe'lining moxiyati o'zgarmaydi. Buni o'zingiz ham, Sizga ingliz tilini o'qitayotgan o'qituvchi ham juda yaxshi biladi.

Dasturni xarid qilganlarga BONUS sifatida quyidagilar qo'shib beriladi:

  • “Learning English” video kurs. Misterduncan
  • “English Grammar in Use”. Raymond Murphy. O'zbek tilida audio kurs.

Bundan tashqari Beginner, Elementary, Pre-Intermediate, Intermediate, Upper-Intermediate bosqishidagilar uchun grammatikani va so'z boyligini oshirishda yordam beruvchi dasturlar qo'shib beriladi.

English Grammar in Use. Raymond Murphy

"English Grammar in Use. Raymond Murphy" kitobini ortiqchsa ta'riflashga xojat yo'q. Siz bu kitobning barcha 136 ta bo'limini o'zbek tilida tushuntirilishini tinglashingiz mumkin. Audoilar muallifi: Jumanazarov Ulug'bek Mustafoyevich.