O`zbekcha dasturlarni SMS orqali aktivlashtirish

Dastur.uz saytidagi barcha dasturlarni SMS orqali aktivlashtirish bir xil. Shuning uchun ushbu maqolada Rus tili dasturini SMS orqali aktivlashtirishni ko'ramiz. Qolgan dasturlar ham shu tartibda aktivlashtiriladi. Agar sizda qo'shimcha savollar bo'lsa, texnik yordam bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Texnik yordam bo'limi: +998 93 567 09 10, +998 95 194 80 13

Rus tili dasturini SMS orqali aktivlashtirish

Buning uchun quyidagilarni bajarishingiz lozim.

1) Kompyuteringizga dasturni o'rnatish lozim. Agar dasturni o'rnatgan bo'lsangiz, keyingi qadamga o'tasiz. O'rnatmagan bo'lsangiz, Rus tili dasturini o'rnatish maqolasiga o'ting.

2) Paynet orqali dastur.uz saytiga to'lovni amalga oshiring. Buni qanday amalga oshirishni Paynet orqali to'lovni amalga oshirish bo'limi orqali bilib olasiz. Sizga quyidagicha chek beriladi:

3) Rus tili dasturi 2 xil usulda aktivlashtiriladi.

3.1) Internet orqali. Buning uchun sizning kompyuteringiz internetga ulangan bo'lishi lozim.

3.2) SMS orqali. Kompyuteringiz internetga ulanmagan bo'lsa, bu usul tavsiya etiladi.

3.2) SMS orqali aktivlashtirish quyidagicha:

1) Pusk menyusidan "Vse programmi"ni toping.


2) Rus tili papkasidan "Kalitni o'rnatishni" ishga tushiring.


3) "Dastur kalitini kiritish" tugmasini bosing.


4) "Net" tugmasini bosing.


5) Kalit nomerini (+998 93) 567 09 10 raqamiga SMS tarzida yuboring. SMSga Familiya, Ism va paynetdan olingan Pin kod va Seriya raqamini ham qo'shib yozing.

Dastur kaliti sizga 24 soat ichida SMS tarzida yuboriladi. Dasturni tezkor aktivlashtirish uchun Internet orqali aktivlashtirish lozim bo'ladi. Rus tili dasturni Internet orqali aktivlashtirish

SMS ni xato qilmasdan yozing. Yuborishdan oldin qayta - qayta tekshiring. 1 ta xarf noto'g'ri yozilsa ham dastur kaliti o'rnatilmaydi.


6) Biz yuborgan kalitni "Dastur kaliti" degan joyga yozib "O'rnatish" degan tugmani bosasiz.

Dasturni ishga tushirish uchun pusk menyusidan Rus tilini ishga tushirasiz. Dasturdan qanday foydalanish yordam bo'limida batafsil yozilgan. Yordam bo'limiga dasturni ishga tushirgandan so'ng o'tish mumkin bo'ladi.

Boshqa dasturlani SMS orqali aktivlashtirish ham shu tartibda bo'ladi.

 

Rus tili dasturni Internet orqali aktivlashtirish