PHP va MySQL video kursi

Assalomu alaykum bo’lajak dasturchilar. Men Qudrat Abdurahimov dasturlashni o’rgatish bo’yicha bir nechta video kurslar ishlab chiqqanimdan xabaringiz bor. Ular “C++da dasturlash asoslari”, “C++ Builder va ma’lumotlar bazasi”, “Delphi Expert boshlovchilar uchun”, “Pascalda dasturlash asoslari”. Endigi navbat phpni o’rganishga yetib keldi.

Ushbu maqola orqali siz quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin:

1. PHP da tuzilgan eng sodda sayt narxi qancha turadi?
2. PHP dasturchidan nimalarni bilishlik talab qilinadi?
3. Sayt ishlab chiqish bosqichlari;
4. PHPni qanday o’rganish mumkin?
5. va boshqa bir qator Siz uchun qiziqarli savollarga javob olasiz.

Agar Siz PHPda sayt tuzishni o’rganishni xohlasangiz quyidagilarni yaxshilab o’qib chiqing.

Agar Siz PHP ga yoki sayt tuzishga qiziqmasangiz ham quyidagilarni 5 minut vaqtingizni sarflab o’qib chiqing. Chunki ertaga siz kirgan ishxonada sayt tuzishga to’g’ri kelar. Sizdan mutaxassis sifatida yaxshi tushunasiz “Kimga sayt tuzdirsam bo’ladi? Narxlari qanaqa” deb so’rashlari mumkin.

PHP da qilish mumkin bo’lgan ishlardan eng soddasi bu “Sayt vizitka” qilish.

Sayt vizitka firma haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan eng sodda va eng arzon sayt hisoblanadi. 14/10/2015 sanada google.com saytiga kirib, “сайт визитка ташкент” deb so’rov yozdim. So’rov natijasida chiqqan saytlarga kirib sayt vizitka narxlari bilan tanishdim. Quyida shu saytlar va ularning sayt vizitkaga qo’ygan narxlari keltirilgan:

# Firma nomi Manba Narx, so'm
1 Webnow Uzbekistan http://webnow.uz/sajt-vizitka-tashkent 1 650 000
2 ARAVANA http://www.aravana.uz/tariffs 1 100 000
3 OOO "Korden Group" http://korden.uz/sayt-vizitka 950 000
4 "OPEN ENGINE" http://oe.uz/ 700 000
5 "MegaGroup Design" http://megagroup.uz/ 140000

Shu saytda berilgan telefon nomerlariga bog’lanib saytda ko’rsatilgan narxlar bugungi kun uchun ham o’rinlimi yo’qmi so’rab surishtirdim. Sizlarga noto’g’r’i ma’lumot bermaslik uchun. Bu yerda sayt vizitka uchun narxlar 140 000 so’mdan 1 650 000 so’mgacha bor. Buning bir nechta sababi bor. Ba’zi sayt ishlab chiquvchilar hosting xizmatini ham qo’shishgan. Ba’zilari esa saytni berilgan summaga yarasha ishlab chiqishadi. Umuman olganda hammasi sayt vizitka bo’lgani bilan, sayt bilan saytni, ishlab chiqaruvchi bilan ishlab chiqaruvchini farqi bor. Bular bilan o’zingiz yuqorida ko’rsatilgan saytlarga kirib yoki google.com saytiga kirib, izlab tanishib ko’rishingiz mumkin.

Eslatma: Yuqoridagi ma’lumotlar 14/10/2015 sanada olindi. Saytlarda berilgan narxlar 14/10/2015 sanasidan ma’lum muddat o’tib, masalan 3 oy, 6 oy yoki bir yil o’tib o’zgarishi mumkin. Buni sayt ma’murlarining o’zi hal qiladi.

PHP dasturchidan nimalarni bilishlik talab qilinadi?

PHP da ishlovchi web dasturchilardan asosan quyidagilarni bilishlik talab qilinadi:

1. HTML, CSS, birorta css framework, masalan bootstrap;

2. Birorta mashhur CMS ni. Masalan Wordpress;

3. PHP + MySQL, (PHP OOP, MVC)

4. Javascript, jQuery, AJAX;

5. PHP framework. Masalan Yii.

Bu sanab o’tilganlarning hammasini professional darajada bilish afzal, lekin barcha php dasturchilar ham hammasini professional darajada bilmaydi. Buning o’ziga yarasha sabablari bor. Hozir shularni tushuntirishga harakat qilamiz.

Sayt ishlab chiqish quyidagicha bo’ladi:

1. Sayt dizayni ishlab chiqiladi. Bu ishni Web dizaynerlar amalga oshirishadi. Ishlab chiqilgan sayt dizayni birorta rasm ko’rinishida, masalan .psd, .jpg yoki .png ko’rinishida bo’lishi mumkin.

2. Ishlab chiqilgan dizayn, rasm fayli HTML va CSS fayllari ko’rinishiga keltiriladi. Bu ishni HTML sahifalovchilar amalga oshirishadi. Ishlab chiqilgan HTML va CSS fayllarini template (shablon, qolib) deyiladi.

3. Ishlab chiqilgan template asosida saytni tuzishning ham bir nechta xil usuli bor.

  • 3.1. Birorta CMS yordamida. Bu ishni birorta ham dasturlash tilini bilmaydigan odam ham qilishi mumkin, professional web dasturchi ham qilishi mumkin.
  • 3.2. PHPda dasturchi o’zi xohlagan uslubda ishlab chiqishi mumkin.
  • 3.3. PHP framework orqali ishlab chiqishi mumkin.

Tuziladigan saytning mohiyatidan kelib chiqqan holda php dasturchi framework ishlatish yoki ishlatmasligi haqida o’zi qaror qabul qiladi.

Ba’zi web dizaynerlar faqat dizayn bilan shug’ullanishadi, ya’ni HTML, CSS da ishlashni xohlashmaydi. Masalan, meni 2014-2015 o’quv yillarida kutubxonashunoslik yo’nalishida o’qiydigan Xurramov Kamoliddin ismli talabam bor edi. U PhotoShop bo’yicha haqiqatda ancha mukammal bilimga ega edi. Lekin HTML va CSS ni o’rganishni xohlamasdi. Sayt uchun ishlab chiqqan dizaynlariga umuman gap bo’lishi mumkin emas. U faqat web dizayner vazifasini a’lo darajada bajara olardi. Ba’zi dizaynerlar ham dizayn ishlab chiqishadi, ham HTML sahifalovchi vazifasini ham bajara olishadi.

Faqat HTML sahifalovchi lavozimida kamida olti oy yoki undan ko’proq ishlaganlargina HTML, CSS ni mukammal darajada bilishadi. Qolganlar esa o’rtacha bilim bilan kifoyalanishadi.

PHP dasturchilar esa tayyor ishlab chiqilgan templatelardan foydalanishni ma’qul ko’rishadi. Internetdan tekin template topib shuni o’zgartirishadi yoki sotib olib shu asosida sayt tuzib chiqishadi. HTML, CSSni yaxshi biladiganlar ham vaqtdan yutish maqsadida tayyor templatedan foydalanishadi.

PHPni qanday o’rganish mumkin?

Menga informatika fani o’qituvchisi, ustozim Zokir aka 1997 yilda BASIC dasturlash tilini o’rgatishni boshlagan. Universitetda pascal va Delphi dasturlash tillarini o’rgandim. 2007 yilda phpda sayt tuzishni boshladim. Bu vaqtda HTML ni bilardim CSS bo’yicha bilimga ega emasdim. PHPni ham menga hech kim o’rgatgan emas. Faqat men bilan birga ishlaydigan dasturchi Saidolim denwer serverini ishga tushirishni, phpda kod qanday yozilishini va yana bir – ikkita funksiyani ko’rsatib qo’ydi, bo’ldi. Menda PHP manual (PHP spravochnik) bor edi xolos. PHPni o’tirib o’rgangan emasman. To’g’ridan – to’g’ri sayt tuzishni boshlaganman. PHPni amalda o’rganganman. Sayt tuzish jarayonida nima ish qilishga extiyoj bo’lsa, shuni topib o’rgandim va tadbiq qildim.

Agar kimdir ingliz yoki rus tillarini yaxshi bilsa, umuman muammo yo’q. Bu tillarda video kurslar ham, ma’lumotlar ham juda ko’p. PHPni o’rganish jarayonida paydo bo’ldigan savollarning 99.9% ga google.com orqali javob topish mumkin.

Kimdir rus yoki ingliz tilidan yaxshi bilimga ega bo’lmasa yoki phpni tezroq o’zlashtirishni xohlasa, men ishlab chiqqan “PHP va MySQL video kursi” dan foydalanishi mumkin.

PHP va MySQL video kursidan foydalanish uchun nimalarni bilish kerak?

1. Ixtiyoriy dasturlash tilida boshlang’ich bilimlarga ega bo’lish lozim. Algoritm, shart, sikl, massiv, satrlar va funksiyalar. Dasturlash jarayonida sodir bo’ladigan sintaktik va mantiqiy xatolar haqida tushunchaga ega bo’lish lozim.

2. HTML va CSS bo’yicha boshlang’ich bilimlarga ega bo’lish kerak.

PHP va MySQL video kursida nimalar o’rgatilgan?

1. PHPda strukturali dasturlash;

2. SQL so’rovlar tili

3. MySQL ma’lumotlar bazasi;

4. Noldan phpda sayt ishlab chiqish;

5. Ishlab chiqilgan saytni serverga joylash;

PHP va MySQL video kursida HTML, CSS o’rgatilganmi?

Yo’q. HTML, CSS o’rgatilmagan. Lekin HTML va CSS bo'yicha ma'lumotlar bonus sifatida beriladi.

Video kursda ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash o’rgatilganmi?

Yo’q. PHP da ob’ektga yo’naltilrilgan dasturlash va MVC ni o’rgatish uchun alohida video kurs ishlab chiqish rejalashtirilgan. (Vaqt bo’lganida, talab va taklifdan kelib chiqqan xolda).

PHP va MySQL video kursi quyidagi boblardan iborat:

















Video kursda ishlab chiqilgan sayt http://dars.qudrat.uz ga joylangan. Ushbu video kursda asosiy e’tibor PHP va MySQLni o’rgatishga qaratilgan. Bu saytning ko’rinishini HTML va CSS bo’yicha bilimga ega bo’lganlar istalganicha o’zgartirishi mumkin bo’ladi. Sayt quyidagicha bo’limlardan iborat:

1) Taomlar

2) Kaboblar

3) Salatlar

4) Gallery

5) Biz bilan aloqa

6) Saytdan qidirish

7) Har bir maqoladagi kalit so’zlar bo’yicha o’xshash maqolalarni chiqarish;

8) Ko’p o’qilgan maqolalar;

9) Saytning boshqaruv bo’limi (Yangi maqola qo’shish, tahrirlash, o’chirish).

Bu funksiyalar sayt vizitkaga qo’yiladigan talabni to’la qoplaydi!


Video kursda o’rganiladigan sayt


PHP va MySQL video kursi
narxi 240 ming so’m

Buyurtma berish
To'lov yoki orqali amalga oshiriladi.

Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering.
*880*095*11*120000#
*880*095*11*120000#

Nima uchun bu narx tanlangan?

1) O’quv markazlarda web dasturlashni o’rgatish bo’yicha bir oylik o’rtacha narx 240 ming so’m. Video kursda o’rgatiladigan ma’lumotlarni 3 oyga taqsimlash mumkin. Bundan tashqari o’quv markazlarida web dasturlashni o’rganish bo’yicha o’zbekcha ma’lumotlar deyarli berilmaydi.

2) Ba’zi xollada arzon narxlarda web dasturlash o’qitilayotganini guvohi bo’lasiz. Bu ham maqolamiz boshidagi sayt vizitka narxlariga o’xshash. Kim va qanday o’qitishiga bog’liq.

3) Ba’zilari esa juda achinarli, o’qitish tizimining boshi bilan oxiri aniq emas. HTML yoki PHP o’qitiladi deyiladi. Kim nimani bilsa shuni o’qitadi, nimani xohlasa shuni o’qitadi. O’qigan odamlar 3 oydan keyin PHP haqida haqiqat shu ekan deb ketaveradi.

4) Video kursda o’qitiladigan ma’lumotlar bilan ixtiyoriy o’quv kursini, o’qitish tizimini o’zingiz solishtirib ko’ring. Nimalar o’qitiladi, oxirida nima natijalarga erishiladi.

Savol: Dasturni kimdir harid qilsa, undan nusxa olib foydalanish mumkinmi?

Javob: Dasturdan nusxa olish mumkin. Lekin foydalanib bo’lmaydi. Chunki har bir xaridorga, to’g’rirog’i har bir kompyuterga alohida dastur kaliti beriladi. Bu kalit boshqa kompyuterlarda ishlamaydi. Agar dasturni harid qilgan odamning bir nechta kompyuteri bo’lsa, faqat bittasiga kalit beriladi. Qaysi kompyuterga dasturni o’rnatishni haridorning o’zi hal qiladi. Agar 2 ta kompyuterga ham dasturni o’rnatishni xohlasa, 2 - kompyuter uchun yana bitta dastur kalitini harid qilishi lozim.

Sayt ishlab chiqish bo’yicha qiziq voqea!

2012 yil bir talabam menga quyidagicha murojaat qildi. (Ismi kim edi? Qaysi talaba bilan bu voqea bo’lganini xozir eslay olmayman)

Talaba: “Qudrat aka bir do’stim bilan saytga buyurtma oldik”

Men: “Juda yaxshi, sayt tuzishni bilasizlarmi?”

Talaba: “Ha. Bir amallab tuzib chiqdik. Endi shuni serverga joylash kerak. Shuni qanday qilsak bo’ladi? O’rgatib qo’ying” dedi. Bitta to’yxonani sayti ekan. HTMLda sayt vizitka qilingan va banner sifatida to’yxona rasmlarini namoyish qilib turadigan Flash fayl qo’yilgan. Men TotalCommander orqali serverga ulanish va saytni yuklashni o’rgatdim. Bir ikki kundan keyin talaba qaytib keldi.

Talaba: “Qudrat aka sayt o’zimizni kompyuterda ishlayapti. Lekin nimagadir serverda rasmlar chiqmayapti. Bazisi chiqyapti bazisi chiqmayapti” dedi.

Men darxol rasm nomini katta kichik harflarda aralash yozilganligini tushundim va “Rasmlarni nomini aniq yozmagansizlar. Sizlar Windows ishlatasizlar server esa Linux. Linuxda katta kichik harflar farq qiladi. Rasm nomlarini qayta ko’rib chiqinglar” dedim. Bu ikkila shavvoz ham sayt tuzishni o’rganyapti, ham pul ishlayapti. Bu ishni siz ham qilishingiz mumkin.

1) Siz biror firmada ishlaysiz. Boshlig’ingizdan PHP va MySQL video kursini olib berishini iltimos qiling. Buning evaziga siz firma saytini ishlab chiqasiz. Firma saytli siz esa PHP bo’yicha bilimga ega bo’lasiz.

2) Yoki siz kollej, maktab, litseyda ishlashingiz ham mumkin. Yuqoridagilarni direktorga taklif qilib ko’ring. Agar sizga moddiy jixatdan yordam berishmasa ham, siz video kursga ega bo’lishingiz va ishxonangiz saytini tuzib chiqishingiz kerak bo’ladi. Bu bilan siz boshlig’ingiz va xamkasblaringizga bilimli va mexnatkash inson ekaningizni ko’rsatgan bo’lasiz. Bu esa albatta bir kun o’zining moddiy yoki ma’naviy samarasini beradi.

3) Siz birorta tadbirkor tanishingizga uning firmasi yoki shaxsiy faoliyati haqida sayt ochib berishingizni taklif qiling. Narxini kelishing. Birinchi marta tuzayotgan saytingizga kamida video kurs narxini tanlang.

4) Xozir kim ko’p, shaxsiy sayt tuzdirishni xohlovchilar ko’p. Ayniqsa showbiznes bilan shug’ullanadiganlar. Birorta qo’shiqchi tanishingiz bo’lsa, unga barcha mashhur qo’shiqchilarning shaxsiy saytlari borligini ayting. Yangi tanilayotgan san’atkor sifatida sizni xalq tanishi kerak. Shaxsiy saytingizni ochaylik. O’zim qarashaman deng.

5) Bulardan tashqari yana kimlarga sayt kerakligi haqida o’ylang. Ularga sayt tuzib berishni taklif qiling. Ba’zi odamlarda sayt tuza olsa ham, klient topish, ular bilan gaplashish qobiliyati bo’lmaydi. Bunday holda klient topishga boshqa tanishingizni tanlashingiz mumkin. U bilan sayt tuzish uchun kelishgan pulingizni teng bo’lishishni taklif qiling. Chunki boshqa ilojingiz ham yo’q. Sizda klient topish qobiliyati, imkoniyati yo’q. U klient olib kelmasa sizga ham 50% yo’q. Klient olib keladigan tanishingizga kamroq % taklif qilsangiz, klient topganida ham siz bilan emas boshqa birov bilan ishlagisi kelib qolishi mumkin. “Olma pish og’zimga tush” deb o’tiganning foydasi yo’q. Harakat qiling, o’ylang, izlanishdan to’xtamang. Kimdir boshida klient topa olmasligi mumkin. Klient topib beradigan tanishi ham bo’lmasligi mumkin. Bu degani tarki dunyo qilib PHP ni o’rganishni tashlab qo’yish kerak degani emas. Qanday saytlar tuzganingizni ko’rsatib ishga joylashishingiz mumkin. Ushbu video kurs doirasida sizga bir yil mobaynida texnik yordam berib boriladi. Ya’ni sayt tuzish jarayonida paydo bo’lgan savollaringizga dasturchi@mail.ru orqali javob berib boriladi. (Savollarga shaxsan o’zim yoki shogirtlarim javob beradi)

Muxim eslatma: Siz olgan buyurtmani men qilib bermayman. Video kursda o’rganganlaringiz orqali o’zingiz qiling. Men faqat sayt tuzish jarayonida qilgan xatolaringizga va muammolarni hal qilishda yordamlashaman xolos. Sayt vizitkadan murakkab bo’lgan saytlarga buyurtma olishdan oldin narxlarni men bilan maslaxatlashing. Murakkab saytni arzimagan pulga ishlamang.

PHP va MySQL video kursi talabalariga BONUS

1) O’quv adabiyotlari:

  • 1.1. HTML va CSS asoslari o’quv qo’llanma.
  • 1.2. HTML&CSS design and build websites. JON DUCKETT
  • 1.3. VISUAL QUICKSTART GUIDE CSS3. JASON CRANFORD TEAGUE.
  • 1.4. Learning PHP, MySQL,JavaScript&CSS. Robin Nixon.

Tez orada PHP va MySQL video kursi talabalari tuzgan saytlar ro’yxatini http://dastur.uz saytiga joylaymiz. Shular orasida o’zingiz tuzgan saytni ko’rishni xohlaysizmi?

Video kursdan foydalanishni orqaga surmang. Unutmang siz qilmoqchi bo’lgan ishni boshqalar ham qilishni xohlashadi. Raqobatchilardan orqada qolmang.

Buyurtma berish
To'lov yoki orqali amalga oshiriladi.

Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering.
*880*095*11*120000#
*880*095*11*120000#