Bolajonlar uchun matematika

Sizning farzandingiz maktabga chiqishga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lsa, yoki boshlang'ich sinfda o'qiyotgan bo'lsa, 5 minut vaqtingizni sarflab ushbu maqolani o'qib chiqing. Maqolada siz bolajonlarga matematikani o'qitishning zamonay usullaridan biri bilan tanishasiz.

Farzandlaringizni o'zingiz yashagan davrga ko'ra tarbiyalamang. Chunki, ular kelajak farzandlari, shunga ko'ra tarbiyalang. Farzandingizga nimanidir o'rgatishda zamonaviy texnologiyalarni qo'llang.

Ushbu dastur 6 - 7 yosh bolalarga yig'indisi 10 gacha bo'lgan sonlarni qo'shish va ayirishni o'rgatish uchun ishlab chiqilgan.

Dasturdan olinadigan foydalar:

Farzandingizning ziyrakligi oshadi;

Farzandingizning zehni oshadi;

Farzandingizning xotirasi mustaxkamlanadi;

Farzandingizning rang tanlash qobiliyati oshadi;

Sonlarni qo'shish va ayirish tezligi oshadi;

Sizning vaqtingiz tejaladi;

1 sinfda matematikadan qiynalmaydi;

Nimanidir o'rganishga ishtiyoqi oshadi.

Farzandingizni maktabga tayyorlash uchun tavsiya etiladi.

Dasturdan 1 sinf o'quvchilari ham foydalanishi mumkin.

Dastur 8 ta bosqichdan iborat. Har bosqishda 3 ta rang tanlash o'yini bor. Farzandingiz ma'lum bir masalalarni bajarganidan keyin sovrin sifatida rang tanlash o'yinini o'ynaydi.

Rang tanlash o'yinida bolajonlar uchun qiziqarli bo'lgan multfilm va kino qahramonlari (Chaqmoq makvin, O'rgimchak odam, Masha, Senimi shoshmaytur!, Oybola, ...) va boshqa tabiat manzaralari aks etgan rasmlar mavjud.

Farzandingiz qo'shish va ayirishni o'rganish bilan birgalikda rang tanlashni ham o'rganadi.

Qo'shish va ayirish o'yin shaklida ishlab chiqilgan. Farzandingiz o'yin o'ynaydi va shu bilan birgalikda matematikani, qo'shish va ayirishni o'rganadi.

Bu dasturni qizim Fotima uchun ishlab chiqdim. Bu yil (2016 yil sentyabrda) maktabga chiqadi. Juda qiziqish bilan ishladi. Menga dasturni testlashda qizim Fotima (7 yosh) va o'g'lim Muhammadali (9 yosh) yordam berishdi. Chinki bolalarning psixologiyasini o'rganib chiqish kerak edi. Bu dasturdan sizning farzandingiz ham foydalanishi mumkin. Men ko'pgina dasturlar tuzganman, lekin bu dasturda bolalarim ham ishtirok etgani uchunmi yoki ularning natijalarini ko'rib turganim uchunmi bilmadim shu dastur haqida gapirsam nimagadir xursand bo'ladman, o'zgacha bir ishtiyok bilan gapiraman.

Ba'zi ota-onalar farzandi 10 gacha bo'lgan sonlarni qo'shish va ayirishni bilishlarini ta'kidlashadi. Lekin bilim mukammal darajaga yetishi uchun bola savollarga avtomat ravishda javob berishi lozim bo'ladi. Keling buni amalda sinab koraylik. Siz yig'indisi 10 dan oshlaydigan sonlarni qo'shish va ayirishga oid 10 ta masala tuzing. Farzandingiz bu masalalarni ishlab chiqsin. Siz vaqtga qarab turing. Agar farzandingiz 50 sekund yoki 1 minutda xato qilmasdan ishlasa, a'lo natijaga erishgan bo'ladi. Lekin bu darajaga yetish uchun juda katta xajmdagi misollarni ishlashi lozim bo'ladi.

So'zimizni asoslash uchun Olga Uzorovaning "3000 ПРИМЕРОВ ПО МАТЕМАТИКЕ. КАК НАУЧИТЬСЯ БЫСТРО СЧИТАТЬ (Счет от 1 до 5)" nomli kitobidan iqtibos keltiramiz:

Olga Uzorovaning quyidagi kitoblari maktabga tayyorlanish uchun tavsiya e'tiladi:

1) 3000 ПРИМЕРОВ ПО МАТЕМАТИКЕ. КАК НАУЧИТЬСЯ БЫСТРО СЧИТАТЬ (Счет от 1 до 5)

2) 3000 ПРИМЕРОВ ПО МАТЕМАТИКЕ. КАК НАУЧИТЬСЯ БЫСТРО СЧИТАТЬ (Счет от 6 до 10)

3) 3000 ПРИМЕРОВ ПО МАТЕМАТИКЕ. КАК НАУЧИТЬСЯ БЫСТРО СЧИТАТЬ (Счет в пределах десятка)

Yuqorida keltirilganlardan ko'rinib turibdiki, farzandingiz avtomat ravishda qo'shish va ayirishni o'rganishi uchun juda katta xajmdagi masalani ishlab chiqish lozim bo'ladi.

Katta xajmdagi masalani, farzandingiz o'qituvchi nazorati ostida ishlab chiqishining imkoni yo'q.

Ota va onaning ham bu xajmdagi masalalarni tekshirishga vaqti yetmaydi.

Bu o'rinda ushbu dastur sizga yaqindan yordam beradi.

Farzandingizdan har kuni ushbu dasturdan 10 - 15 minut foydalanishini nazorat qilsangiz bo'ldi.

Bir oydan keyin farzandingizning tezligi kamida 2 marta oshadi.

Savol: Dasturni kimdir harid qilsa, undan nusxa olib foydalanish mumkinmi?

Javob: Dasturdan nusxa olish mumkin. Lekin foydalanib bo’lmaydi. Chunki har bir xaridorga, to’g’rirog’i har bir kompyuterga alohida dastur kaliti beriladi. Bu kalit boshqa kompyuterlarda ishlamaydi. Agar dasturni harid qilgan odamning bir nechta kompyuteri bo’lsa, faqat bittasiga kalit beriladi. Qaysi kompyuterga dasturni o’rnatishni haridorning o’zi hal qiladi. Agar 2 ta kompyuterga ham dasturni o’rnatishni xohlasa, 2 - kompyuter uchun yana bitta dastur kalitini harid qilishi lozim.

Dasturni internetda ko'chirib olish


Dasturni internetdan ko'chirib olish va
foydalanish jami:

Narxi 13 ming so'm.


To'lov yoki orqali amalga oshiriladi

Yuklab olish

Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering. *880*095*11*13000#

Quyida dastur oynalaridan namunalar keltirilgan:



















 

Dasturni internetda ko'chirib olish


Dasturni internetdan ko'chirib olish va
foydalanish jami:

Narxi 13 ming so'm.


To'lov yoki orqali amalga oshiriladi

Yuklab olish

Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering. *880*095*11*13000#