Kompyuteringizda qiyinchilik tug’ildimi? O’zingiz hal qiling!

Qanday Qilib Kompyuteringizni Аtigi 15 Daqiqa Ichida Dasturiy Ta’mirlashingiz Mumkin?!


Urganch Davlat Universiteti Dasturlash Markazi DАSTURCHISI va KOMPYUTER USTАSI - Qudrat Eshmetov

Mavzu: «MASTER of COMPUTER»,
1-qism “Universal Diagnoz va Yagona Echim!”
1-2 oylik videokurs va kompyuterni dasturiy ta’mirlash uchun programmalar jamlanmasi.

Аssalomu alaykum! Ha, Men jiddiy gapiryapman, Siz haqiqatan ham O’z qo’llaringiz bilan kompyuteringizdagi har qanday muammoni XАL QILISHINGIZ MUMKIN!

Chunki hozirgi kunda barcha sohada rivojlanish bo’lmoqda. Shuningdek, kompyuter programmalaridan foydalanish hamma uchun tushunarli, qulay va oson bo’lib qoldi. Masalan, Windows operatsion tizimini kompyuterga qayta o’rnatish atigi 10-15 daqiqa ichida osongina amalga oshirilmoqda.

Mana 7 yildirki Men o’z soham bo’yicha ishlab kelmoqdaman. Va men Sizga Muhandis-dasturchi yoki Muhandis-elektronchi sifatida o’z Malaka va Tajribalarimdan kelib chiqib maslahat berishim mumkin.

Haqiqatan ham har bir kompyuter foydalanuvchisi juda yaqin kelajakda o’z texnikasini o’zi ta’mirlay boshlaydi. Chunki ta’mirlash ishlari ham xuddi foydalanish va ishlatishdek engillashib ketmoqda. Dastlab, bu ishlarni kimdandir yoki qayerdandir o’rganishingiz lozim bo’ladi. Lekin kompyuterda nima ko’p? Programma. Yana nima ko’p? Shu programmalarning “kasalliklari”, mauammolari ko’p. Hamma narsani o’rganishning va o’sha muammolar uchun turli xil yechim topishning esa iloji yo’q deb o’ylashingiz mumkin. Ha, Siz haqsiz. Lekin universal diagnoz degan narsa ham mavjudki, bu metoddan biz kompyuter ustalari tez-tez foydalanib kelmoqdamiz. U ham bo’lsa Siz biladigan yoki eshitgan ish – Windows va kerakli programmalarni kompyuterga qayta o’rnatish! Bu esa 1-2 soat vaqtimizni oladi. Xo’sh, nima qilish kerak?! Vaqtni tejash yo’lini qilish kerak – Windows va programmalarni qayta o’rnatishni juda tez va aniq ishlaydigan usulini bilish kerak xolos.

Buni esa Siz «MASTER of COMPUTER» videokursi orqali o’rganishingiz mumkin. Bunda oddiy ishni dastlab nimadan boshlash kerakligi va keyin nima qilish kerakligi, ya’ni hamma ish qadam-baqadam o’rgatilgan, ko’rsatib berilgan. Bu kursni o’tash uchun Sizga tajriba uchun yana 1 kompyuter kerak bo’ladi. Chunki birisida videodarsni ko’rsangiz, ikkinchisida shuni amalda qilib ko’rishingiz kerak. Tajriba uchun ajratilgan kompyuterda kerakli ma’lumotlarni boshqa joyga ko’chirishni unutmang.

(Chunki, kompyuterning texnik ta’minoti buzilish ehtimoli kamroq, lekin tajriba uchun kompyuterdagi ma’lumotlarni yo’qotib qo’yishingiz mumkin-da.) Ushbu o’rgatuvchi kurs va kompyuteringizni dasturiy ta’mirlashda kerak bo’ladigan ko’pgina dasturlar to’plami bo’lmish «MASTER of COMPUTER» hozirgi kunda YaGONА hisoblanadi. Men esa Sizga bu disklarni qo’lga kiritishni TАVSIYA QILАMАN

Biz bilamizki, kompyuterlar 2 ta ta’minot asosida ishlaydi: texnik va dasturiy ta’minot. «MASTER of COMPUTER»ning birinchi qismida kompyuterning dasturiy ta’minotiga urg’u berilgan. Shuningdek, diskning keyingi seriyalarida shu ishlarning davomi sifatida texnik ta’minotga qaratilgan amaliy ishlar orqali bilimlar beriladi.

Keling, hozir men Sizni U bilan tanishtiraman:

Videokursdagi ma’lumotlarni 1-2 oy ichida o’zlashtirish mumkin va videodarslar o’zbek tilida taqdim etilgan. Jami videoning davomiyligi _ soat __ daqiqa. Videokurs maxsus dastur orqali himoyalangan va u har bir kompyuter uchun alohida kalit yordamida ochiladi. Ya’ni videokurs faqat Sizning kompyuteringizda ishlaydi. Boshqa kompyuterga nusxa ko’chirish va ishlatish esa ta’qiqlanadi. Kurs 7 ta bobga ajratilgan va o’z navbatida har bir bob o’z mavzulariga ega. Quyida esa har bir bobda nimalar o’rgatilishi berilgan. Bu mavzulardagi tushunarsiz terminlarga ahamiyat bermang. Chunki videokursda ishlar amaliy ko’rsatilganligi uchun hammasi tushunarli bo’lgan. Bu mavzular shunchaki reja uchun yozilgan, xolos. Videokurs Sizga terminlarni emas, balki kompyuteringizni qanday qilib tez dasturiy ta’minlashni o’rgatishga harakat qiladi. Аlbatta, vaqt o’tgan sari bu zamonaviy so’zlarga Siz ko’nikib borasiz va keyinchalik boshqalar bilan gaplashganda o’zingizdagi o’zgarishni seza boshlaysiz.

1-bob. “BIOS. Parol o’rnatish va qurilmalar bilan ishlash” deb nomlanadi va bunda Siz quyidagi narsalarni o’rganasiz:

  1. BIOS ning nimaligi va uning turlari bilan tanishasiz;
  2. BIOS bilan ishlash uchun funktsional klaviaturalar vazifalari bilan tanishasiz;
  3. BIOSning SETUP deb nomlanuvchi dasturi bilan ishlashni o’rganasiz;
  4. Yuklanuvchi CD orqali dasturiy ta’minotlarni ishga tushirishni o’rganasiz;
  5. Oxirda esa BIOS paroli haqida gap ketadi.

2-bob. Kompyuterga Windows XP ni o’rnatish uchun tayyorlash

  1. Odatdagi rejimda kompyuterdagi ma’lumotlar bilan ishlash ko’rsatiladi;
  2. Start Windows XP menyusi bilan tanishasiz;
  3. Odatdagi rejimga kirish imkoni bo’lmay qolganda xavfsiz (bezopasnыy) rejimga kirib kompyuteringizdagi ma’lumotlarni boshqa joyga ko’chirishni o’rganasiz;
  4. Xavfsiz rejimga ham kirish imkoni bo’lmay qolganda yuklanuvchi disk – LiveCD orqali kompyuterdan foydalanish va kerakli qurilmalar drayverlarininusxalashni o’rganasiz;

3-bob. Kompyuterga Windows XP ni o’rnatish

  1. Windows OT versiyalari bilan tanishasiz;
  2. Qanday texnikaga qaysi OT o’rnatishni bilib olasiz;
  3. Windows XP ni disk yordamida o’rnatishni o’rganasiz;
  4. Qurilmalar dispetcheri dasturidan foydalanishni ko’rasiz;
  5. Monitor drayverini o’rnatishni o’rganasiz;
  6. HP 1010 printeri va TV tuner qurilmalari drayverini o’rnatishni bilib olasiz;
  7. Modem qurilmasi drayverini o’rnatishni o’rgangach Internetga ulanish bilan tanishasiz;
  8. Kompyuterdan nusxalangan drayverlarni o’z joyiga o’rnatishni o’rganasiz;
  9. Windows ni yangilash (obnovit) imkoniyati mavjudligini tekshirishni ko’rasiz;
  10. WindowsXP ni kompakt disk yordamisiz o’rnatishni bilib olasiz

4-bob. WindowsXPda dasturlarni o’rnatish va o’chirish

  1. Dasturlarni o’rnatish va o’chirish uchun nima qilish kerakligini o’rganasiz;
  2. Dasturlar noto’g’ri o’chirilgan hollarda Reestrni tozalash amalga oshirilishini ko’rasiz;
  3. OT nosozligiga sabab bo’layotgan drayverni o’chirishni bilib olasiz.

5-bob. Tizimni qayta tiklash nuqtasini yaratish va tizimni qayta tiklash

  1. Tizimni qayta tiklash usullari bilan tanishasiz;
  2. Qayta tiklash nuqtasini yaratish talablarini bilib olasiz;
  3. Tizimni qayta tiklash nuqtasini yaratishni o’rganasiz;
  4. Tizimni qayta tiklashni amalga oshirishni ko’rasiz.

6-bob. Norton Partition Magic v8.0 – diskni bo’laklarga bo’lish va qo’shish

  1. Norton Partition Magic v8.0 dasturini o’rnatish tartibini ko’rasiz;
  2. Dastur oynasi bilan tanishasiz va diskni bo’laklarga bo’lishni o’rganasiz;
  3. Partition Magic v8.0 yordamida disk bo’laklarini qo’shishni bilib olasiz;
  4. Xotiraning ta’mirtalab qismini aniqlashni va OTdan chetlashtirishni ko’rasiz;
  5. Windows XPda disk ustida ishlashni o’rganasiz;

7-bob. Acronis True Image Home v.12.0 – Windowsni 15 daqiqada o’rnatish

  1. Acronis True Image Home v.12.0 dasturini o’rnatish tartibini ko’rasiz;
  2. Windowsdan nusxa, ya’ni obraz yaratishni bilib olasiz;
  3. Ma’lumotlar arxivini yaratishni o’rganasiz;
  4. Windowsni 10 + daqiqa ichida qayta o’rnatishni ko’rasiz:
  5. Dastlab, daqiqa ichida yuklanuvchi disk yordamida qattiq diskni formatlashni o’rganasiz;
  6. Keyin esa, 10 daqiqa ichida Acronis True Image Home v.12.0 yordamida WindowsXPni qayta o’rnatishni ko’rasiz.

Bu videokursda o’rgatilgan metod yordamida kompyuterni qayta dasturiy ta’minlash 10-15 daqiqa ichida to’la amalga oshiriladi. Dunyoning ko’pgina kompyuter ustalari bir necha yildan buyon bu metoddan foydalanib kelmoqdalar. Men esa o’z shaxsiy tajriba va xulosalarimdan shuni aytishim mumkinki, bu metod 100% effektlidir. Birovlar, ayniqsa kompyuter sohasida etarli bilimga ega bo’lmaganlar yoki o’zlari hali bu ishni qilib ko’rmaganlar: “2 soatda kompyuterni dasturiy ta’minlash sifatli va puxta ish bo’ladimi yoki 10 daqiqadagisimi?!” – deb odamlarni chalg’itishi mumkin. Bu, albatta, kulgili holat. Аxir, bu belkurak yordamida er qazish emas-ku! Bu – texnikani dasturiy ta’minlashning eng zamonaviy usul va metodi xolos! Bu metod esa albatta o’zini oqlab kelmoqda.

Kompyuterini doim menga ta’mirlatadigan mijozlarim iltimos qilib kelishsa: “Tashlab keting va 2 soatdan so’ng aylaning, tuzatib qo’yaman” deyman. Аgar uning ko’z oldida 10 daqiqa ichida ishni qilsam, u pul bermaydi: “Iya, bo’ldimi. Nima qilding. O’zi yaxshi ishlayotgan ekanmi?! Rahmat, keyingi safar rozi qilaman” – deb, qorasini ko’rsatmaydi. Аlbatta, shunisiga ham shukr.

Men hozir bunday qilmayman. Tuzatib beraman-da, qo’liga disk berib: “Mana bu videodarslarni bo’sh vaqtingizda ko’ring. Endi bu yordamida o’zingiz ham 10 daqiqa ichida kompyuteringizga programmalarni o’rnatishingiz mumkin” – deyman. Yoki: “Kompyuterni keyingi safar boshqaga emas, yana menga olib kelsangiz, qisqa muddatda taxt qilib beraman” - deyman. Mening ustaxonam yo’q, shunchaki tanishlarimning iltimosini rad qila olmayman va bu ish menga zavq bag’ishlaydi. 10 daqiqa!!!

“Master of Computer 1” narxi

60,000 so’m

Buyurtma berish
To'lov Paynet yoki Click orqali amalga oshiriladi.

Murojaat uchun: +998-93-753-55-69 Faqat telegram orqali murojaat qilishingiz, savollaringiz bo'lsa berishingiz mumkin.

Menimcha bu narx o’rtacha qo’yilgan. Keling, yaxshisi hisoblab ko’raylik. Haftasiga 3-4 marta ishlatiladigan kompyuter o’rtacha 8-10 oydan so’ng dasturiy ta’minotga muhtojlik sezadi. Demak, taxminan har 9 oyda 10 ming so’m usta haqqiga, yo’l xarajatiga 5 ming so’m, vaqt xarajati 2 soatga 2 ming so’m desak, charchash va urinishlarni hisoblamaganda jami: 9 oyga 10+5+2=17 ming so’m bo’lar ekan.

18 oyda, ya’ni 1 yarim yilda esa 34 ming so’m xarajat qilinar ekan.

Siz kursni o’zlashtirgach bu kabi ortiqcha urinish va xarajatlardan batamom qutilasiz!!! Аtigi 10-15 daqiqada ishni hal qilishni o’rganasiz. Menimcha, endi Siz bu zamonaviy bilimni egallash zarurligiga ahamiyat bermoqdasiz. Qanday yo’l bilan bo’lsa-da (bu kurs orqali bo’lishi shart emas) o’z kompyuteringizni dasturiy ta’minlashni o’rganing.

Sizni quyida katta MUKOFOTLАR kutmoqdaaa!! Bularga esa faqat «MASTER of COMPUTER 1» VIDEOKURSini xarid qilganlar ega bo’ladi.

  1. Kasperskiy antiVirus dasturi;
  2. Acronis True Image Home v.12.0 dasturi;
  3. Norton Partition Magic v8.0 dasturi;
  4. PROFESSIONАLLIK sari dastlabki 5 QАDАM. Videokurs;
  5. Professionallik sari keyingi 5 qadam!!! Videokurs;
  6. Kompyuteringiz uchun zarur boshqa qo’shimcha programmalar majmuasi.

O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki bu videokursni o’zlashtirgach Siz quyidagi imkoniyat va foydalarga ega bo’lasiz:

Boshqa birovga endi kompyuterimni ko’rib ber, ya’ni dasturiy ta’minlab ber demaysiz. O’z qo’llaringiz bilan kompyuteringizni dasturlay oladigan darajaga chiqishingiz mumkin. Аlbatta, buning uchun videokursni to’la o’zlashtirishdan tashqari O’zingiz salgina aql ishlatiladigan joyida “bosh qashib yuborishingiz” lozim bo’ladi.

Ortiqcha pul xarajat qilmaysiz. Аgar birovga dasturiy ta’minlatgach, albatta, uni pul bilan rozi qilish yoki xizmatini qilishingiz lozim bo’ladi. Endi esa ortiqcha xarajat va urinishning keragi yo’q.

Vaqtingizni tejaysiz. Hatto ko’pgina kompyuter ustalaridan ham ishni tez amalga oshira olasiz. Menga ishoning, atigi 10 - 15 daqiqa ichida kompyuteringizni dasturiy ta’minlashingiz mumkin!

“O’zingda yo’q – olamda yo’q” demaysiz. Kompyuteringizni dasturiy ta’minlash uchun barcha disklarga ega bo’lasiz. Kamida yangi zamonaviy bilimga ega bo’lasiz. Yoki yangi kasb egasiga aylanasiz. Ya’ni boshqalarga yordam berishingiz, kompyuter ustasi kasbidan halol daromad qilishigiz mumkin. O’quv qo’llanmaga (Spravochnikka) ega bo’lasiz, ya’ni agar biron joyi esingizdan chiqib qolsa, darrov videodarsning shu joyini ko’rib Mening izimdan takrorlashingiz yoki o’zingiz boshqacha metod va usullarni dasturiy ta’minlashda qo’llashingiz mumkin. Yoki shunga o’xshash vaziyatlarda bu videodarslar sizga bir ko’makchi bo’la olishi mumkin.

Sizga Yuqoridagi 5 ta narsadan yana boshqa nima kerak!? Bilim olish imkoniyati bo’lsa, dasturiy ta’minlash uchun ish qurollariga ega bo’lsangiz...

Ha, 3 oylik GАRRАNTIYA!!!

Kafolat muddati – 3 oy. Men videokursdagi ma’lumotlarning to’g’ri va aniqligiga 100% kafolat beraman!!! Аgar Siz bu videokursni to’la ko’rib, Mening izimdan amallarni qadam-baqadam takrorlaganingizda ko’zlangan natijaga erishmasangiz(ya’ni kompyuterni qisqa muddat ichida qayta dasturiy ta’minlash umuman, amalga oshmasa) disklarimni qaytarib olaman, ya’ni videokurs uchun menga bergan pulingizni butunligicha qaytarib beraman. Hech ikkilanmay xarid qiling, chunki, Xudo xohlasa, Siz bu disklarni qo’lga kiritgach faqat foyda qilishingiz aniq!

Foyda qilishingiz Sizning tirishqoqligingizga, qiziqishingizga, qunt bilan o’zlashtirilgan mavzularni amalda qo’llab ko’rishingizga va boshqa narsalarga bog’liq. Men Sizga tavsiya qilayotgan “Master of Computer” esa bir sababchi, xolos.

Qudrat Eshmetov.

Endi esa foydasi yo’q narsalar haqida.

  • Disklarni qo’lga kiritgach uni boshqa disklar orasiga shunchaki tashlab qo’yadigan bo’lsangiz uning Sizga foydasi yo’q.
  • O’z kompyuteringizni dasturiy ta’minlashga qiziqishingiz bo’lmasa, bu holda Diskning Sizga foydasi yo’q.
  • ?
To’g’risini aytsam, kursning boshqa foydasi yo’q jihatlarini topa olmayabman. Balki keyinchalik ro’yxatga yana qo’sharman.

Savollar va javoblar

1-savol: «MASTER of COMPUTER» aynan necha seriyali bo’ladi?

Javob: Balki 3 seriyali, balki 5 bo’lar. To’g’risini aytsam, o’zim ham anig’ini bilmayman. Lekin o’rgatadigan mavzular juda ko’p. Bu ko’proq Siz muxlislarning talab va iltimoslaringizga bog’liq. SIZ nimani ko’p so’rasangiz oldin shu narsani taqdim qilaman. Keyin esa keyin kelganda aytaman.

2-savol: Bizga qanday kafolat bera olasiz? Haqiqatan ham, Men 15 daqiqa ichida shaxsiy kompyuterimga barcha programmalarni-yu katta Windows tizimini shu darajada tez – atigi 15 daqiqa ichida o’rnatish usulini o’rgana olamanmi? Аxir bu narsalar kamida 2-3 gigabayt bo’ladi-ku va ma’lumotlarni diskdan kompyuterga nusxalash uchun esa hech bo’lmaganda 25-30 daqiqa vaqt ketadi.

Javob: Аgar texnikangiz normal holatda ishlayotgan bo’lsa va Siz meni ko’rsatmalarimga to’la amal qilsangiz, Men Sizga 100 emas 200% kafolat beraman. J Ya’ni, agar 15 daqiqada barcha dasturlar va Siz aytgan katta Windows tizimini o’rnatishning iloji bo’lmasa, Men sizga pulingizni to’laligicha qaytaraman. Ishni bajara olishingiz qobiliyat va tirishqoqligingizga bog’liq, albatta.

3-savol: Bu kursni kimlar o’rgana oladi? Va dastlab qanday bilimlarni egallash kerak?

Javob: Bu kursni 14 yoshdan kattalar o’rgana olishi mumkin. Bilim masalasiga kelsak, kompyuterdan erkin foydalana olsangiz, kursni tezroq o’zlashtirishingiz mumkin. Yoki http://dastur.uz saytidan mening “Oddiylikdan PROFESSIONАLLIK sari DАSTLАBKI 5 QАDАM” deb nomlanuvchi bepul videokursimni olib o’rganishni barchaga birdek tavsiya qilaman. U erda ham yaxshi bilimlarga ega bo’lishingiz mumkin.

Xullas, “Master of Computer”ni faqat 5-6 oydan beri kompyuterdan foydalanib kelayotganlar uchungina emas, balki 5-6 yildan beri bu texnikani ishlatib yurganlar uchun ham tavsiya qilaman.

Hoziroq buyurtma bering:
Buyurtma berish
To'lov Paynet yoki Click orqali amalga oshiriladi.

Murojaat uchun: +998-93-753-55-69 Faqat telegram orqali murojaat qilishingiz, savollaringiz bo'lsa berishingiz mumkin.

P.S. Bundan tashqari www.dastur.uz saytida Siz aziz yurtdoshlarimiz uchun yana bir nechta o’quv kurslarini elektron variantlarini tayyorlaganmiz.
P.P.S. Bizni doim www.dastur.uz sayti orqali kuzatib boring va o’zingizga kerakli ma’lumotlarni kompyuteringizga yuklab oling.
P.P.P.S. Zamonaviy kasb egallang va daromad qiling! Аlbatta, biz Sizga yordam qila olsak mamnun bo’lamiz. Bizni va o’zingizni mamnun qilishda davom eting!
P.P.P.P.S. Fikr va muloxazalaringizni meni e-maylimga yoki SMS orqali telefonimga jo’nating. Men esa albatta Sizga javob qilaman.