Learn By Heart - ingliz tilini o'rgatuvchi dastur

Maqolada Siz kompyuter texnologiyalari yordamida so’z boyligini oshirishning eng samarali metodlaridan biri bilan tanishasiz.

Ba’zi mutaxassislar ingliz tilini bilish uchun grammatikani yaxshi bilish lozimligini uqtirishsa, ba’zilari so’z boyligini oshirishni uqtirishadi.

Bu ikkala fikr ham to’g’ri. Lekin, ingliz tilini bilmaydigan biror kimsa, ingliz tilida gaplashuvchi davlatga borib qolsa, nima bo’ladi?

Ingliz tili grammatikasidan hech qanday dars olmasa ham, 6 oy bir yil ichida inglizcha gaplashishni o’rganib oladi.

Buni hech kim inkor qila olmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, ingliz tili bo’yicha so’z boyligining ko’p bo’lishi, grammatik qoidalarni bilishdan ko’ra muhimroq degan xulosaga kelish mumkin.

To’g’ri, grammatikani umuman o’rganmang demoqchi emasmiz. Lekin, inglizlarning o’zlari ham bilmaydigan grammatik qoidalarni o’rganishni nima keragi bor!?

Ingliz tilini gaplasha oladigan darajada o’rgansangiz kifoya emasmi?

Ingliz tili grammatikasini o’zingiz xohlagancha o’rganing. Biz esa, ingliz tilidagi so’z boyligingizni oshirishning eng samarali metodini Sizga taqdim qilayotganimizdan hursandmiz.

“Learn By Heart” dasturi - ingliz tilini o’rgatuvchi, o’zbek tilidagi ilk dasturlardan biri.

Mutaxasislarning ta’kidlashicha so’zlashuvda erkin muloqatda bo’lish uchun 1500 ta, lug’atsiz gazeta o’qish uchun esa 2500 ta so’z bilish kerak.

Learn By Heart dasturining lug'at boyligi 4499 ta so’z va 50 ta mavzudan ortiq so’zlashuvga oid jumla va iboralardan tashkil topgan.

Learn By Heart dasturining bosh maqsadi so’z boyligini oshirishga qaratilgan bo’lishiga qaramasdan, qisqacha grammatikaga ham to’xtalib o’tilgan. Ya’ni hamma uchun mashaqqat va zerikarli bo’lgan grammatika, yoqimli ashula shaklida o’rgatiladi. Grammatik qoidalarni o’zida aks ettirgan ashula matni juda sodda va qiziqarlidir.

Dasturni pochta orqali uy manziliga yetkazib berish

Dasturni internetda ko'chirib olish



Narxi 35 000 so'm.


To'lov yoki orqali amalga oshiriladi

Dasturni internetdan ko'chirib olish va
foydalanish jami:

Narxi 35 ming so'm.


To'lov yoki orqali amalga oshiriladi

Yuklab olish

Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering. *880*095*11*35000#

Quyida dasturning ba'zi oynalari keltirilgan:

FAQ: Eng ko’p so’raladigan savollarga javoblar:

1 – savol: Dasturni kimdir harid qilsa, undan nusxa olib foydalanish mumkinmi?

Javob: Dasturdan nusxa olish mumkin. Lekin foydalanib bo’lmaydi. Chunki har bir xaridorga, to’g’rirog’i har bir kompyuterga alohida dastur kaliti beriladi. Bu kalit boshqa kompyuterlarda ishlamaydi. Agar dasturni hariq qilgan odamning bir nechta kompyuteri bo’lsa, faqat bittasiga kalit beriladi. Qaysi kompyuterga dasturni o’rnatishni haridorning o’zi hal qiladi. Agar 2 ta kompyuterga ham dasturni o’rnatishni xohlasa, 2 - kompyuter uchun yana bitta dastur kalitini harid qilishi lozim.

2 – savol: Bu metodni hammaga qo’llab bo’ladimi?

Javob: Bu metod hammaga bir hilda ta’sir qiladi. Chunki, inson ong osti hammaniki bir xildir. Agar Siz ingliz tilini yaxshi bilsangiz ham, so’z boyligingizni va dunyo qarashingizni kengaytirish uchun bu dasturdan foydalansangiz bo’ladi.

Learn By Heart dasturidan foydalanish uchun inglizcha boshlang’ich bilimga ega bo’lish kerak. Ya’ni fonetika va boshlang’ich grammatikani bilish kerak.

Learn By Heart dasturidan 14 yoshdan kattalar foydalanishi mumkin.

3 – savol. Birinchi natijalar qachon ko’rina boshlaydi?

Javob: Dastur bilan 60 soat shug’ullanganingizdan keyin, natijalar bilina boshlaydi. Buning sababi, qisqa vaqtda katta xajmdagi ma’lumotlarni qabul qilganingiz bilan tushuntiriladi.

4 – savol: Plastik kartochka orqali pul o’tkazish mumkinmi?

Javob: Mumkin va bu juda oson. To’liq ma’lumot olish uchun +998 95 194 80 13 ga qo’ng’iroq qiling.

5 – savol: Dasturdan foydalanish haqida to’liq ma’lumot berasizmi?

Javob: Dasturdan foydalanish yo’riqnomada (help, yordam bo’limida) to’la keltirilgan. Dasturdan foydalanishni boshlashdan oldin yo’riqnomani to’liq o’qib chiqing va unga qat’iy amal qiling. Ingliz tilini o'rgatuvchi o'zbekcha dasturlar va boshqa dasturlar haqidagi ma'lumotlarniwww.dastur.uz saytidan olishingiz mumkin.

Har xil sabablar bilan dasturdan foydalanishni orqaga surmang. Chunki, ertaga Sizni nima kutayotganini hech kim bilmaydi. Bir oydan keyin qandaydir grand asosida chet elga o’qishga yoki ishga tanlov e’lon qilinishi mumkin. Shunda Sizning so’z boyligingiz pand berib qo’ymasin.

Dasturni pochta orqali uy manziliga yetkazib berish

Dasturni internetda ko'chirib olish



Narxi 35 000 so'm.


To'lov yoki orqali amalga oshiriladi

Dasturni internetdan ko'chirib olish va
foydalanish jami:

Narxi 35 ming so'm.


To'lov yoki orqali amalga oshiriladi

Yuklab olish

Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering. *880*095*11*35000#