Dasturlarni Internet orqali aktivlashtirish

Xozirgi kunda Rus tili va ingliz tilini o'rgatuvchi dasturlar Internet orqali aktivlashtirilad.

Boshqa dasturlar SMS orqali aktivlashtiriladi.

Rus va ingliz tilini aktivlashtirish bir xil. Shuning uchun ushbu maqolada rus tilini o'rgatuvchi dasturni aktivlashtirishni ko'ramiz.

Rus tili dasturini Internet orqali aktivlashtirish

Buning uchun quyidagilarni bajarishingiz lozim.

1) Kompyuteringizga dasturni o'rnatish lozim. Agar dasturni o'rnatgan bo'lsangiz, keyingi qadamga o'tasiz. O'rnatmagan bo'lsangiz, Rus tili dasturini o'rnatish maqolasiga o'ting.

2) Paynet orqali dastur.uz saytiga to'lovni amalga oshiring. Buni qanday amalga oshirishni Paynet orqali to'lovni amalga oshirish bo'limi orqali bilib olasiz. Sizga quyidagicha chek beriladi:

3) Rus tili dasturi 2 xil usulda aktivlashtiriladi.

3.1) Internet orqali. Buning uchun sizning kompyuteringiz internetga ulangan bo'lishi lozim.

3.2) SMS orqali. Kompyuteringiz internetga ulanmagan bo'lsa, bu usul tavsiya etiladi.

3.1) Internet orqali aktivlashtirish quyidagicha:

1) Pusk menyusidan "Vse programmi"ni toping.


2) Rus tili papkasidan "Kalitni o'rnatishni" ishga tushiring.


3) "Dastur kalitini Internetdan olish" tugmasini bosing.


4) Rasmda ko'rsatilganidek Familiya, Ism, telefon nomer, email - agar bo'lsa, bo'lmasa shart emas, Pin kod va Seriya nomerlarini kiritib, "Kalitni olish" tugmasini bosing.
Eslatma: Kompyuteringiz internetga ulangan bo'lishi lozim.


5) "Net" tugmasini bosing.


6) "Kalitni o'rnatish" tugmasi paydo bo'ladi (Internet tezligiga qarab ozroq kuting), shu tugmani bosing. Agar "Kalitni o'rnatish" tugmasi paydo bo'lmasa, kompyuteringizda internet ulanmagan xolda bo'ladi. Internetni ulab, dasturni qayta ishga tushiring.


7) Dastur kaliti o'rnatildi. Ko'rsatilgan kalitni yozib oling. Windowsni qayta o'rnatganda kerak bo'ladi. Dasturni yana xarid qilmqasdan, shu kalitni kiritish kifoya qiladi.

 

3.2) SMS orqali dasturni aktivlashtirish bo'limiga o'tish