Dasturlashni professional darajada o'rganishni xohlaysizmi?

Assalomu alaykum bo'lajak dasturchilar.

Men Qudrat Abdurahimov 1997 yildan beri programmalash bilan shug'ullanib kelaman. Yosh programmistlarni qiziqtiradigan ko'p savollarga javobni "Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi?" nomli maqolalar to'plamida yozib chiqqanman.

Bu maqolalar quyidagi mavzularni o'z ichiga oladi:

  1. Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi?
    1. Dasturlash bilan shug'ullanishdan oldin nimalarni bilish kerak?
    2. Qaysi dasturlash tilini o'rgansam ekan?
    3. Faqat Universitetda o'qigan talabalar dasturchi bo'lishadimi?
    4. Dasturlashni kimdan va qayerda o'rgansa bo'ladi?
  2. Qudrat Abdurahimov va uning loyihalari
  3. Dunyodagi eng boy odamlar
  4. Ideal ish nima?
  5. Talabalarim ishlaridan namunalar
  6. Siz dasturchi bola olasizmi?
  7. Muvaffaqiyatga erishish sirlari
  8. Talimda muvaffaqiyat

Bu maqolani o'qishdan oldin, yuqoridagi maqolalar bilan tanishib chiqishlik tavsiya etiladi.

Endi nazariy qismdan amaliy ishga o'tish vaqti keldi.

Dasturlashni professional darajada o'rgatuvchi multimediali dasturlar seriyasini sizga taqdim qilayotganimdan xursandman.

Bular quyidagilar:
1. Turbo Pascalda dasturlash asoslarini o'rgatuvchi multimediali intellektual o'quv dastur
2. “Delphi Expert - 1”. Delphi boshlovchilar uchun

Bu dasturlar sizga nima bera oladi?

Turbo Pascalda dasturlash asoslari intellektual o`quv dasturni ko'rib chiqishni nafaqat bo'lajak dasturchilarga, balki “Dasturlash asoslari” fani o'qituvchilariga ham tavsiya etamiz. Turbo Pascalda dasturlash asoslari intellektual o`quv dasturni a'lo darajada o'zlashtirgandan keyin,

Siz quyidagilarni bilib olasiz:

  • Dasturchi qanday fikrlashini. (Chunki o'zingiz haqiqiy dasturchi kabi fikrlay boshlaysiz)
  • Dasturchilar oldidagi muammolar va ularni hal qilish usullarini
  • O'qituvchilar "Dasturlash asoslari" fanini o'qitish texnologiyasini
  • Masalalarni mukammallashtirishni ( optimallashtirishni )
  • Dastrurlash san`atini

Yuqoridagilardan tashqari quyidagi imkoniyatlarga ega bo`lasiz:

  • C++ da dasturlash asoslarini 3 oyda o`rgana olasiz
  • C# da dasturlash asoslarini 3 oyda o`rgana olasiz
  • Javada dasturlash asoslarini 3 oyda o`rgana olasiz
  • PHP da dasturlash asoslarini 3 oyda o`rgana olasiz
  • Har qanday yuqori darajali dasturlash tillari asoslarini 3 oyda o`rgana olasiz

Nima uchun Pascal - Delphi?

Men Delphi, C++, C#, Java, PHP bo'yicha ham elektron darslik qilishni oldimga maqsad qilib qo'yganimni oldingi maqolalarda aytganman. Nima uchun Pascal va Delphidan boshlaganimni ham aytib o'tgandim.

Dastlab Pascal va Delphi tanlanishimning ba'zi sabablarini yana sanab o'tsak:

  1. Men 1999 yildan buyon Pascal va Delphi bilan shug'ullanaman. 10 yillik tajribaga egaman.
  2. Delphini o'qitish bo'yicha 5 yillik tajribaga egaman. Talabalar qachon va qanday xato qilishini bilaman.
  3. Delphida dasturlashni o'rganish, boshqa dasturlash tillarini o'rganishdan ko'ra oson. Dastur kodi soddaroq ko'rinishga ega.
  4. Windows tizimi uchun dastur tuzishda, Delphi eng tezkor vositadir.
  5. Delphida dasturlashni biladigan dasturchi, qisqa vaqtda C++ Builder ga o'tishi mumkin.
  6. Windows tizimi uchun Delphida har qanday dasturni tuzish mumkin.

Windows tizimi uchun dastur tuzishda, Delphi eng tezkor vosita ekaniga bir dalil keltirsak. Dalilimiz asosli ekanini tasdiqlash uchun ruscha matnni o'zini keltiramiz. http://ru.wikipedia.org/wiki/RAD_(программирование) Embarcadero RAD Studio — среда быстрой разработки приложений (RAD для Microsoft Windows фирмы Embarcadero Technologies. Текущая версия Embarcadero RAD Studio 2010 объединяет Delphi 2010 и C++ Builder 2010 в единую интегрированную среду разработки. В данной версии также реализована поддержка таких технологий .NET, как WinForms, WPF, ADO.NET, ASP.NET и LINQ.

Embarcadero RAD Studio – Microsoft Windows uchun tezkor dastur tuzish vositasi. Oxirgi versiyasi: Embarcadero RAD Studio 2010, Delphi 2010 va C++ Builder 2010 ni bir integrallashgan muxitda birlashtirgan. .NET, WinForms, WPF, ADO.NET, ASP.NET va LINQ teznologiyalari bilan ham ishlash mumkin.

Ba'zi dasturchilar, “Delphi dasturlash tili rivojlanishdan to'xtadi” - deb bilishadi. Bunday deb o'ylashlariga sabab nimada?

2006 yil 8 fevralda Borland firmasi dasturiy vositalarni ishlab chiqarishni tugatmoqchi ekanini, bu bo'limni sotish niyatida ekanini e'lon qildi.

2006 yil noyabrda Borland firmasi dasturiy vositalar bilan ishlash bo'limlarning barchasi o'zining qaramog'idagi bo'lgan CodeGear firmasiga o'tganligini e'lon qildi.

2007 yil martda CodeGear RAD Studio 2007 chiqarildi.

2008 yil 1 iyunda CodeGear firmasi Embarcadero Technologies firmasi tomonidan sotib olindi.

Delphi va C++ Builder ning keyingi versiyalari Embarcadero Technologies firmasi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Ya'ni Delphi rivojlanishdan to'xtagani yo'q. Umuman olganda Delphi 7 ning o'zida Windows uchun har qanday dasturni tuzish mumkin. Shuning uchun Delphining keyngi versiyalarida asosiy urg'u .NET va boshqa texnologiyalarga qaratilgan.

Eng asosiysi, men hozirgi kunda boshqa dasturlash tillariga nisbatan Delphini ko'proq bilaman. Shu kungacha http://dastur.uz saytida e'lon qilingan barcha dasturlar Delphida tuzilgan. Shuning uchun birinchi Pascal va Delphi bo'yicha elektron darslik qilishni tanladim.

Dasturlash asoslari multimediali intellektual
o'quv dasturi
Narxi 65 000 so'm


To'lov yoki orqali amalga oshiriladi.

Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering.
*880*095*11*65000#

“Delphi Expert - 1”.
Delphi boshlovchilar uchun
Narxi 120 000 so'm


To'lov yoki orqali amalga oshiriladi.

Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering.
*880*095*11*120000#

185 000 so'm to'rt yillik kontrakt puli yonida xech qancha qiymatga ega emas. O'zingiz hisoblab ko'ring!

Yoki o'quv kurslari bilan solishtirib ko'ring. Bu yerdagi ma'lumotlarni 9 – 12 oy davomida o'quv kursida o'qitiladi deb hisoblang. Xech bir o'quv markazda “Delphi Expert” da o'rgatilgan bilimlar to'liq o'rgatilmaydi. Xatto ba'zi o'quv markazlarida aniq bir ishchi dasturning o'zi yo'q. Agar meni gapimga ishonmasangiz, o'quv markazlarda o'qigan yoki o'quv markazlardan xabari bor tanishlaringizdan so'rab ko'rishingiz mumkin.

Bu narsalarni o'rganish uchun mening

10 yil

umrim ketdi. Qancha asab ketdi. Ba'zi narsalarni 6 oy izlaganman. Shu 10 yilda o'rganilgan ilimlarni Siz 1 yilda o'rganishingiz mumkin.

"Dasturlash asoslari" ma'ruza matnining o'zini bir yil mobaynida yozganman. Masalalarni bir necha bor tartiblaganman. "Dasturlash asoslari" ma'ruza matni 2006 yil yozib tugatilgan. 2009 yilda video ma'ruza shakliga keltirildi.

“Delphi Expert” orqali dastur tuzishni o'rgandingiz ham deylik. Bu Sizga nima beradi?

Siz o'z diplom loyihangizni Delphida qilishingiz, yoki kimningdir diplom ishi dasturini tuzib berishingiz haqida gaplashib o'tirmaymiz.

Delphida o'zingiz tuzgan dastur orqali foyda ko'rishingiz mumkinmi?

Shu haqida gaplashsak nima deysiz?

Misol uchun: Siz quyidagi dasturlarni tuzish orqali daromad qilishingiz mumkin

  1. Xorijiy tillarni o'rgatuvchi multimediali o'quv dasturlarini. (English, Russian, German, Spanish, Italian, French, …)
  2. Har xil turdagi elektron darsliklarni
  3. Buxgalteriya dasturlarini
  4. Har xil lug'at dasturlarini. (English – Uzbek; Russian – Uzbek, German – Uzbek, …)
  5. Savdo yoki har xil kirim – chiqimni hisoblovchi dasturlarni
  6. Hakazo ...
Keling yuqorida keltirilganlardan bittasiga to'xtalsak. Xorijiy tillarni o'rgatuvchi multimediali o'quv dasturlar.

Hozirgi kunda xorijiy tillarni o'rganishga talab juda katta ekanini bilasiz.

Afsuzki, hozircha o'zim tuzib chiqqan 1 – 2 dasturdan bochqa o'zbek tilida xorijiy tillarni haqiqiy ma'noda o'rgatuvchi dasturlar yo'q. ( Learn By Heart, Ruscha gaplashishni o'rganamiz)

O'zbek tilida, ingliz tilini o'rgatuvchi dasturlarni har xil medotlar bilan ishlab chiqish mumkin. Bu degani, bitta ingliz tilini o'rgatish uchun 10 xil yoki undan ham ko'proq dastur ishlab chiqish mumkin. Agar ingliz tilini yaxshi bilmasangiz, minglab ingliz tilini yaxshi biladigan o'qituvchilar bor. Shular bilan hamkorlik qilishingiz mumkin. Ingliz tili o'rnida boshqa ixtiyoriy til ham bo'lishi mumkin.

Ingliz tilini o'rgatuvchi dasturingizni o'rtacha 10 000 so'mdan soting. Siz uchun 5000 so'm sof foyda keltirsin.

Ingliz tilini o'rganishni xohlaydigan nechta xaridor bor deb o'ylaysiz?

Agar siz o'z dasturingizdan 100 nusxa sotsangiz, 500 000 so'm sof foyda qilasiz.

“Delphi Expert” ni narxini olib tashlasak,

500 000 - 185 000 = 315 000 so'm

foyda qilgan bo'lasiz.

Endi Siz dasturingizni 200, 300, … nusxada sotsangiz qancha foyda qilishingizni o'zingiz hisoblab ko'ring. Hali bu bir dastur orqali ko'rgan foydangiz. Agar bir nechta dastur tuzsangiz qancha bo'lishini yana bir hisoblab ko'ringchi!?
Buyurtma berish
To'lov yoki orqali amalga oshiriladi.

Delphi video kursi uchun Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering.
*880*095*11*120000#

Turbo pascal video kursi uchun Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering.
*880*095*11*65000#

Yoki Siz buxgalteriyaga doir dastur tuzishingiz ham mumkin. Buxgalteriya sohasida albatta yangiliklar bo'lib turadi. Bu asa Sizning qo'shimcha daromad manbaingizdir!

Siz hech ham buzgalteriyaga oid "1C" yoki "БЭМ" kabi professional dasturlardan cho'chimang. Chunki dastur qanchalik mukammallashsa, undan foydalanish shunchalik murakkablashadi.

Siz tor doira uchun buxgalteriya dasturini tuzing. Ya'ni biror korxonani talab va taklifi asosida, aynan shu korxona uchun dastur ishlab chiqing. Shunda bu korxona har qanday professional dasturni qo'yib, o'zining ehtiyojlarini to'la qondiradigan va sodda bo'lgan Sizning dasturingizni tanlaydi.

Shu dasturning o'zini yoki qisman o'zgatrirish orqali boshqa korxonaga ham taklif qilishingiz mumkin.

Ishlab chiqarish korxonalari kirim – chiqimini hisoblovchi dasturlarni ham tuzishingiz mumkin. Tanishlaringizning qanchasi savdodagi hisob kitobini qog'oz ruchkada qiladi? Ayna qancha tanishingiz o'z super marketiga boshqalarning dasturini qo'ydi, yoki qo'yishmoqchi? Bularning hammasi Siz uchun daromad manbaiku!

Eng ko'p so'raladigan savollarga javoblar:

1 – Savol: “Delphi Expert”ni to'la o'rganish uchun qancha vaqt ketadi?

Javob: Bu Sizning o'rganich tezligingizga bog'liq. Dasturlash asoslarini 3 – 6 oy da o'rganish mumkin. “Delphi Expert – 1. Delphi boshlovchilar uchun” ma'lumotlarini 3 oyda. “Delphi Expert – 2. Delphi professionallar uchun” ma'lumotlarini 3 – 4 oyda.

2 – Savol: Qaysi qismni o'rganish qiyinroq?

Javob: Har qanday ishni boshlash qiyin bo'ladi. Agar Siz “Dasturlash asoslari”ni sabr bilan mukammal o'rgansangiz, qolgan 2 bo'limda qiynalmaysiz. Agar “Dasturlash asoslari”ni yaxshi o'rganmasangiz qolgan qismlarni tushunmay qolishingiz mumkin. Eng katta e'tiborni “Dasturlash asoslari” ga qaratish kerak.

3 – savol: Plastik kartochka orqali pul o'tkazish mumkinmi?

Javob: Mumkin va bu juda oson. To'liq ma'lumot olish uchun +998 90 808 37 38 ga qo'ng'iroq qiling.

4 - Savol: "Delphi Expert" qaysi mavzularni o'z ichiga oladi?

Javob: Quyida video kursning boblari va mavzulari berilgan: Delphi dasturlash tili


Mutaxassislar va talabalar tomonidan bildirilgan fikrlar:

Ergashyev Abdunabi. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti o'quv bo'limi boshlig'i.

1999 yil Toshkent Davlat Texnika Universiteti. Talabalarni Windows amaliyot tizimida ishlayotganini, fayllardan nusxa olayotganini ko'rgan Qudrat hayratda qotib qolgan edi. Windows va Ofis dasturlari bilan ishlashni "Telematika" kursida meni o'zimdan o'rgandi.

Faqat Universitetda o'qitiladigan darslar bilan chegaralanib qolmadi. Dasturlashni yaxshi o'rganish uchun qo'shimcha kurslarga qatnashdi. Delphida dasturlashni Tohir akadan o'rgandi. 2003 yil, ya'ni 4 - kursda Delphini eng yaxshi biladigan talaba edi.

Hozirgi kunda Delphini eng yaxshi o'qitadigan ustoz desam mubolag'a bo'lmaydi. Misol uchun "Dasturlash asoslari" video kursiga ozgina to'xtalsak. Video kurs ma'ruza matni, video ma'ruza, amaliyot qismlaridan iborat. Ma'ruza matni gipermatnlar yordamida qulay bir shaklga keltirilgan. Video ma'ruzada masalalar amaliy ishlab ko'rsatilgan. Video ma'ruzani ko'rish jarayonida inson o'zini xuddi Qudrat bilan yonma - yon o'tirib ishlayotgandek his qiladi.

Amaliyot qismida

  1. Mavzuga tegishli har bir masalaning qo'yilishi tushuntiriladi
  2. Kiruvchi va chiquvchi ma'lumotlar taxlil qilinadi
  3. Talaba yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan xatoliklar sanab o'tiladi
  4. Masalaning algoritmi, blok sxemasi keltiriladi
  5. Masalaning yechimi keltiriladi

Har bir masala uchun yuqoridagi narsalarni kiritish uchun insonda tog'dek sabr va kasbiga fidoyilik kerak bo'ladi. Qudrat "Dasturlash asoslari" video kursini menga ko'rsatganida, 1999 yil Qudrat Windowsda ishlayotgan talabalarni ko'rib qanday hayratda qolgan bo'lsa, men ham shunday hayratda qoldim.

Bir kun kelib bu bola hech kim qilmagan ishni qiladi deb o'ylamagandim. Bo'lajak yosh dasturchilar, Siz ham bir kun kelib hech kim qilmagan ishni qilishingiz, hammani hayron qoldirishingiz mumkin. Buning uchun Siz Qudrat yurgan yo'ldan yurishingiz kerak bo'ladi.


Babajonov Mo'minjon. O'zbekiston Milliy Universiteti, Programmalash va tarmoq texnologiyalari kafedrasi domlasi

Insonlar borki bilimlari ko'p, ammo
  1. o'z bilimlarini aniq bir maqsad sari yo'naltira olishmaydi
  2. xatto birorta ham programma paketini oxiriga etkaza olishmaydi
  3. yoki o'z bilimlarini mukammal tarzda o'quvchiga yetkaza olishmaydi.

Respublikamizda juda ko'p programmistlar bor. Ammo ularning ba'zilari bilimlarini o'zgalardan yashiradi, ba'zilarida pedagogik mahorat kamligi sababli yosh dasturchilarga mukammal darajada programma tuzishni o'rgata olishmaydi.

O'zbekiston Milliy Universitetida ham, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida ham va boshqa Universitetlarda ham Qudratdan 10 marta ko'p tajribaga ega domlalar bor.

Qudratning boshqalardan ajralib turadigan asosiy 2 ta farqi bor:
  1. Zamonaviy dasturlash tillarida tayyor programma paketlarini ishlab chiqqanligi
  2. Talabalarga dasturlashi o'rgatishda o'ylab topilgan masalalarbi emas, balki hayotiy muammolar yechimini o'rgatishida.

Qudrat, Toshkentda eng mashhur bo'lgan Kalanov nomli kompyuter kollejida, ko'cha bezorilaridan iborat guruhlarda kuchli programmist shogirtlar tayyorlay oldi va Qahramon Zuparov kabi talabchan direktor nazariga tushdi. Dunyoda eng qimmat mutaxassislar: Doktorlar, yuristlar, programmistlar.

Professional programmistlar bilan doimiy birga shug'ullanish hammaga nasib etmaydi, ammo Qudrat Abdurahimovning video kurslari hammisha Siz bilan birga.


Adham Rajabov. Freelancer (dasturchi). 2005 yil TDTU magistraturasini tugatgan.

Men yosh dasturchilarga dasturlashni o'rgatishni nimadan boshlashni bilmasdim. Hech qachon dasturlashni endi boshlaganlarga yaxshi o'rgatishni uddasidan chiqmaganman. Lekin manu shu boshidagi bilim keyin juda zarur, chunki har narsani poydevori zo'r bo'lsa, ustida ko'p narsa ko'tara oladi.

Men buning yechimini do'stim Qudrat Abdurahimovning “Dasturlash asoslari” diskini ko'rganimdan keyin topdim. Boshlovchilar va hatto dasturlashni ichida yurganlarga juda ham ajoyib qo'llanma. Haqiqatda ko'p yillik professional tajriba va o'qituvchilik mahorati bilan dasturlash juda sodda, go'zal misollar bilan o'rgatilgan. Menda chuqur taassurot qoldirgan narsa o'rgatish uslubidir. O'rgatishda dasturlashdagi nozik taraflar ham e'tibordan chetda qolmagan va eng sara narsalar tanlangan.

Do'stimizni ijodiga baraka tilab, keyingi vada qilgan disklarini intizorlik bilan kutamiz.

Bo'lajak dasturchilarga bir maslahat: Dasturlashni dasturchidan o'rganing.


Men, Maxarov Qodirbek Tolkunovich, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti, Mexanika-matematika fakulteti, “Programmalash va tarmoq texnologiyalari” kafdedrasi, “Informatika va axborot texnologiyalari” yo'nalishi, 3-kurs talabasiman.

Mutaxassisligim bo'yicha men dasturchiman. Hozirgacha dasturlashning ancha qismini o'rgandim, o'z ilmiy salohiyatimni ancha oshirdim. Lekin har bir insonda o'rgangan ilmlarini, bilimlarini mukammallashtirishidan avval shu bilimlarning qandaydir asosi bo'lishi kerak. Menga mana shu asosni mening dasturlash bo'yicha birinchi ustozim Abdurahimov Qudrat aka berganlar. Men u kishidan bilmagan ilmimni o'rgandim, o'zim uchun yangi qirralarni kashf qildim.

Men dasturlashning asosini aynan Qudrat akadan o'rgandim. O'quv kursiga qatnardim. Qudrat aka esa bizga dars o'tardilar. Doim yangi dastur yaratib uyga qaytardim. Bularni esa Qudrat aka tufayli qilardim, chunki ular menga doim dasturlashning yangi qirralarini o'rgatardilar, har darsda Qudrat akadan o'zim bilmagan ilmni olardim. Shunday qilib kursdagi o'qishim tugadi ham. Kursni a'lo bahoga bitirib chiqdim, universitetga hujjat topshirdim.

Hozir esa universitetda o'qiyapman. Dasturlashning yanada yangi qirralarini o'rganyapman, lekin baribir menga dasturlashning asosini bergan ustozim – Qudrat akadir. Ulardan dasturlashni o'rganmaganimda, hozir ham universitetda qiyinchilik bilan o'rgangan bo'lardim.

Qisqa qilib aytadigan bo'lsam, haligacha Qudrat akadek ustozni uchrata olmadim. Menga shu bilimlarni bergani uchun ularga ming marta rahmat aytsam ham kam!

Bugungi kunda Qudrat akaning yutuqlarini ko'rib bevosita men ham quvonyapman. Ular chiqargan disklar, video darsliklar men kabi yana minglab bolalarga ta'lim berishini eshitib quvonyapman. O'sha minglab bolalar uchun ham Qudrat aka birinchi ustoz bo'ladi deb umid qilaman.

Buyurtma berish

Delphi video kursi uchun Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering.
*880*095*11*120000#


Sizni dasturchi bo'lishingizni orqaga suradigan birorta ham sababni ko'rmayapman. Siz va Sizning yangi imkoniyatlaringiz, qiyofangiz orasi bir qadam. Dasturlashni o'rganishni orqaga surmang. Hoziroq boshlang.

Siz tuzmoqchi bo'lgan dasturlarni qancha odam sabrsizlik bilan kutayotganini unutmang. Hoziroq ishga kirishing.

“Delphi Expert”ga bonus sifatida quyidagilarni qo'lga kiritasiz:

  • Delphi World – 5005 ta maqola
  • Delphi глазами Хакера
  • Marco Cantu – Delphi professionallar uchun. Dasturlar to'plami
  • Delphidan bir nechta eng yaxshi kitoblar

P.S. http://dastur.uz sayti bilan tanishib boring. Siz uchun qiziqarli elektron darslik va ma'lumotlarni berib boramiz.

P.S.S. Agar Siz o'z kasbingiz ustasi (Masteri) bo'lsangiz, biz bilan bog'laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan biz hursand bo'lamiz.

P.S.S.S. Siz tuzmoqchi bo'lgan dasturlarni qancha odam sabrsizlik bilan kutayotganini unutmang. Hoziroq ishga kirishing.