C++ da dasturlash asoslari video kursi

Assalomu alaykum bo'lajak dasturchi! Endi nazariy qismdan amaliy ishga o'tish vaqti keldi.

Sizga "Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi?" kitobida va'da qilganim, C++ da dasturlash asoslari video kursini taqdim qilayotganimdan xursandman.

Nima uchun C++ ni o'rganishim kerak?

Men Delphi, C++, C#, Java, PHP bo'yicha ham elektron darslik qilishni oldimga maqsad qilib qo'yganimni oldingi maqolalarda aytganman. Pascal va Delphi bo'yicha video kurs chiqqanidan ham xabaringiz bor. Endi navbat C++ ga keldi. Xo'sh, "Nima uchun C++ ni o'rganishim kerak?" degan savolga javob izlasak. Buning bir nehchta sabablari bor.

C++ tili Bern Stroustrup (Bjarne Stroustrup) tomonidan 1979 yil ishlab chiqilgan. Boshida Sraustrup yangi tilni "C with Class" deb nomladi. Keyinchalik 1983 yilda bu nom C++ ga o'zgartirildi. C++ oddiy C dasturlash tiliga yangi imkoniyatlarni, funksiyalarni, ob'ektga yo'naltirilganlik xususiyatlarini olib kirdi. C++ dasturlash tili, C dasturlash tili asosida qurilgan va uning barcha imkoniyatlarini o'zida saqlaydi. Qisqacha qilib aytadigan bo'lsak, C++ da yozilgan dastur kodida C ning kodlarini ishlatish mumkin.

Djess Libertining fikricha C++ va Java dasturlash tillari bir - biriga juda o'xshash. "Bulardan birini o'rgangan dasturchi ikkinchisini 90% o'zlashtiradi." deb yozadi Liberti o'zining "C++ за 21 день" nomli kitobida (kitobning 29 - betiga qarang).

Umuman olganda C++ ni o'rgangan dasturchi Java va C# dasturlash tillarini 90% o'zlashtiradi. C++ dasturlash tili, C dasturlash tili imkoniyatlarini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Bu tillar asosan tizimli programmalashda juda qo'l keladi.

Java dasturlash tili esa, C va C++ da bor bo'lgan afzalliklar va kamchiliklarni inobatga olgan xolda ishlab chiqilgan yangi til hisoblanadi. Dastlab Javada tuzilgan dastur, har qanday platpormada ishlashligi maqsad qilingan xolda ishlab chiqilgan (1991 yillarda). Internetni rivojlanishi bilan, Javani ishlab chiqaruvchilar guruhi asosiy e'tiborni webga qaratishadi. Ko'p mutaxxasislar fikricha internetning rivojlanishi bilan Javaning rivojlanishi bir vaqtga to'g'ri kelgani, Javaning muvoffaqiyatiga sabab bo'lgan. Ya'ni, Java web (tarmoq) texnologiyalarda juda keng qo'llaniladi.

Keyinchalik Microsoft firmasi tomonidan Javaga raqobatchi sifatida C# dasturlash tili (2001 yil) ishlab chiqildi. C# dasturlash tili Delphi, C++ va Javada bor bo'lgan afzalliklar va kamchiliklarni inobatga olgan xolda ishlab chiqilgan. Ba'zi mutaxassislar C# kelajak texnologiyalari tili deb hisoblashadi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, xozircha C++ va Java dasturlash tillari o'z mavqeini yo'qongani yo'q.

Umuman olganda har bir dasturlash tilining o'xiga xos afzalli va kamchiliklari, ishlatiladigan o'rni bor. Men sizga C++ da dasturlash asoslarini yaxshilab o'rganishni taklif qilaman. Keyinchalik C++ chuqur o'rganishni davom ettirasiz yoki xohlasangiz C# yoki Java dasturlash tiliga o'tib ketishingiz mumkin bo'ladi. Men Javani (C# ni) o'rganishni xohlayman. C++ ni o'rganmasdan to'g'ridan - to'g'ri Javani (C# ni) o'rganishni boshlashlik afzal emasmi? Java yoki C# ni to'g'ridan - to'g'ri o'rganishni boshlashlik afzal bo'ladi, agar sizga haqiqiy ma'noda bu dasturlash tillarini o'rgata oladigan odamni topsangiz.

C++ da dasturlash asoslarini o'rganib keyin boshqasiga o'tishning afzalliklari:

  • Java yoki C# ni yaxshi o'rgatadigan domla topish juda qiyin masala;
  • C++ ni o'rganish bilan C#da dasturlash asoslarini 90% o'rgangan bo'lasiz;
  • C++ ni o'rganish bilan Javada dasturlash asoslarini 90% o'rgangan bo'lasiz;
  • C# va Javada ko'rsatkich kabi bir qator narsalar yo'q. Shuning uchun bu dasturlash tillari bilan C++ solishtirilganida, siz mutaxxasis bo'la turib mavzuning moxiyatini tushunmay qolishingiz mumkin.

Xulosa qilishga shoshilmang. Ushbu sahifani oxirigacha o'qing. Atigi 10 daqiqadan keyin, ushbu maqolani o'qib bo'lib, keyin xulosa qilishingiz afzal.

C++ video kusri quyidagilardan tashkil topgan:

  1. Ma'ruzalar matni;
  2. Video ma'ruza;
  3. 1000 dan ortiq masalalar to'plami;
  4. 1000 dan ortiq masalaning yechimi;
  5. Dastur taxlili;

1. Ma'ruzalar matnini ishlab chiqish uchun bir yildan ortiq vaqt ketdi. Ba'zi tushuntirish qiyin bo'lgan mavzularni bir nechta kitobdan o'qib chiqib keyin yozishga tog'ri keldi. 1000 ta masalani yechish uchun ushbu ma'ruzalar matni kifoya qilishi kerak edi. Ba'zi masalalar uchun kerak bo'ladigan funksiyalarni tushuntirish uchun ma'ruzaga o'zgartirishlar kiritildi. Shuning uchun ma'ruzalarda qo'shilgan masalalarning sanalariga e'tibor beradigan bo'lsangiz har xil va bir - biridan juda uzoq.

2. Video ma'ruzalar ishlab chiqildi. Chunki, ba'zi narsalarni video orqali tushuntirish oson va qulay. Lekin ba'zi mavzularni, narsalarni ma'ruzalar matnidan o'qish, o'rganish qulay. Shuning uchun har ikkalasi ham tayyorlandi. Bular bir birlarining kamchiliklarini to'ldiradi.

3. Masalalar to'plami sifatida, xozirgi kunda eng mashxur bo'lgan "Электронный задачник по программированию (Programming Taskbook)" tanlandi. Muallif Abramyan Mixail Eduadovich fizika - matematika fanlari nomzodi, diskret matematika va algebra kafedrasi dotsenti. http://ptaskbook.com

Dasturlashni o'rganish uchun zarur bo'ladigan 7 ta narsa maqolasida bu masalalarni qanday tarjima qilganim yozilgan : ) Bir o'zim tarjima qila olmaganimdan keyin do'stlarim Farxod Abdirimov va Dilobar Nigmanovalardan yordam so'radim. 3 kishi bir bo'lib harakat qilib tarjimani oxiriga etkazdik :)

4) 1000 ta masalani tarjima qilishning o'zi kifoya qilmaydi. Bu masalalarni orasida osoni ham bor, qiyini ham bor. Qiyin masalalarning yechimini o'rgatishga to'g'ri keladi. Lekin kimga qaysi masala qiyinlik qilishini aniqlash ham mushkul masala :) Shuning uchun hamma masalaning yechimini izohlar bilan o'rgatishga harakat qilindi.

5) Programmalarni tushining oson bo'lishi uchun "Dastur taxlili" nomli programma ishlab chiqdim.

Video kursda faqat C++ dasturlash tili emas. Dasturlashning mag'zi, mantig'i, asoslari o'rgatildi. Barcha dasturlash tillarida asos, mantiq, algoritm bir hil bo'ladi. Barcha dasturlash tillarini birlashtirib turuvchi asos o'rgatildi.

C++da dasturlash asoslari video kursi

Narxi 120 000 so'm

Buyurtma berish
To'lov yoki orqali amalga oshiriladi.

Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering.
*880*095*11*120000#

Video kurs narxi qimmatmi?

Unda siz o'quv kurslari bilan solishtirib ko'ring. Bu yerdagi ma'lumotlarni 6 – 12 oy davomida o'quv kursida o'qitiladi deb hisoblang. Xech bir o'quv markazda C++da dasturlash asoslari video kursida o'rgatilgan bilimlar to'liq o'rgatilmaydi. Xatto ba'zi o'quv markazlarida aniq bir ishchi dasturning o'zi yo'q. Agar meni gapimga ishonmasangiz, o'quv markazlarda o'qigan yoki o'quv markazlardan xabari bor tanishlaringizdan so'rab ko'rishingiz mumkin.

Xatto, video kursning asosiy qismlari bo'lgan ma'ruzalar matni va masalalar taxlilini inobatga olmasdan, faqat 1000 ta masalaning yechimini o'zini olib qaraylik, maylimi?

Sizda savol tug'ilishi mumkin: "1000 ta masalaning yechimini bilishim shartmi?" - degan. Shu oddiy talabalar bilishi kerak bo'lgan 1000 ta masalaning dasturini tuzishni bilmasangiz,

Sizni qaysi firma ishga oladi?

Sizga qancha oylik beradi?

Siz qancha so'ray olasiz?

Yuqoridagi savollarga o'zingiz javob bering. Demak, Siz uchun xozirgi kundagi eng to'g'ri yo'l C++ video kursini a'lo darajada o'rganish.
Buyurtma berish
To'lov yoki orqali amalga oshiriladi.

Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering.
*880*095*11*120000#

C++ da dasturlash asoslari video kursi sizga nima bera oladi?

C++ da dasturlash asoslari video kursini ko'rib chiqishni nafaqat bo'lajak dasturchilarga, balki “Dasturlash asoslari” fani o'qituvchilariga ham tavsiya etamiz.

C++ da dasturlash asoslari video kursini a'lo darajada o'zlashtirgandan keyin,

Siz quyidagilarni bilib olasiz:

  • Dasturchi qanday fikrlashini. (Chunki o'zingiz haqiqiy dasturchi kabi fikrlay boshlaysiz)
  • Dasturchilar oldidagi muammolar va ularni hal qilish usullarini
  • O'qituvchilar "Dasturlash asoslari" fanini o'qitish texnologiyasini
  • Masalalarni mukammallashtirishni ( optimallashtirishni )
  • Dastrurlash san'atini

Yuqoridagilardan tashqari quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lasiz:

  • C# da dasturlash asoslarini 2 oyda o'rgana olasiz
  • Javada dasturlash asoslarini 2 oyda o'rgana olasiz
  • PHP da dasturlash asoslarini 2 oyda o'rgana olasiz
  • Har qanday yuqori darajali dasturlash tillari asoslarini 3 oyda o'rgana olasiz

Eng ko'p so'raladigan savollarga javoblar:

1 – Savol: C++ da dasturlash asoslari video kursini to'la o'rganish uchun qancha vaqt ketadi?

Javob: Bu Sizning o'rganich tezligingizga va boshlang'ich bilimlaringizga bog'liq. 6 oydan 1 yilgacha vaqt oralig'ida to'la o'rganish mumkin.

2 – Savol: Qaysi qismni o'rganish qiyinroq?

Javob: Har qanday ishni boshlash qiyin bo'ladi. Agar Siz “Dasturlash asoslari”ni sabr bilan mukammal o'rgansangiz, C++da ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashni o'rganish oson bo'ladi.

C++da dasturlash asoslarini bilmasdan turib, ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashni o'rganishning imkoni yo'q.

Mutaxassislar va talabalar tomonidan bildirilgan fikrlar:

Botirxon Ziyatov "Kelajak Ovozi 2011" ko'rik tanlovi g'olibi

Men akademik litseyda o'qib yurgan damlarimda matematika, fizika fanlarini yaxshi o'zlashtirib yurardim. Akademik litseyda informatika sohasida yaxshi biladigan talabalar juda sanoqli edi. Meni bir domlam shu informatika faniga qiziqtirdi va dasturlash nima ekanligidan boshlang'ich tushunchalarni berib o'tdi. Men endi dasturlashga qiziqishim ortib bordi va shu soxa bo'yicha Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetiga o'qishga kirdim.

1 – kursligimdanoq dasturlashni yanada chuqoroq o'rganishni o'z oldimga maqsad qilib oldim. Bir kuni Internet kafeda intellektual.uz saytiga kirdim saytda yozilgan maqolalar bilan tanishib chiqdim va u yerdan o'zimga kerakli odamni topdim. Ishonardim albatta bu inson menga xayotda dasturlashdan yanada ko'proq bilim berishiga. Qudrat akadan men Delphi dasturlash tilini o'rgatuvchi video darsni oldim. Ushbu video darsdan ancha bilimga ega bo'ldim va o'zim mustaqil dastur tuza oladigan bo'ldim.

Qudrat akada o'rgatgan bilimlari asosida 2011 yil Kelajak Ovozi ko'rik tanlovida respublika bosqichi g'olibi bo'ldim. To'g'risini aytganda, dasturlash bo'yicha mendan kuchli bir nechta talaba bor edi. ( o'xsha paytlarda, 1 – kursligimda). Ular atigi bitta xatoga yo'l qo'yishdi. O'zlariga yaxshi ustoz tanlay olishmadi.

Men o'yliman Qudrat aka chiqarayotgan video darslar har qanday dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun juda zarur. Ayniqsa, C++ da dasturlsh asoslari video kursini har bir talaba hech ikkilanmasdan 100% o'zlashtirishi shart.

Qudrat akani bundan keyingi ishlariga rivoj tilab, yangi video darslar chiqarishlarini kutub qolamiz.

Botirxon Ziyatov "Kelajak Ovozi 2011" ko'rik tanlovi g'olibi. TATU 3 - kurs talabasi.

Tog'ayev Shohin Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 210-10 guruh talabasi. 27/11/2012 yil

Men Tog'ayev Shohin Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 3 kurs talabadiman. Men o'qishga 2010 yil kirganman. O'shanda dasturlashga oid tushuncham yo'q edi. Birinchi kursligimda informatika fanidan C++ haqida dars o'tilardi. O'shanda hech narsaga tushunmasdim. Shu tarzda birinchi kursni tugatdim.

Ikkinchi kurs boshlanganda, birinchi semestrda men C++ dasturlash tilini o'rganib bo'lmaydi degan qarorga keldim, chunki C++ bo'yicha kimga savol bersam tuzukroq javob ololmasdim. Ba'zi "dasturchular" menga C++ dasturlash tili juda qiyin, uni biladigan, o'rgatadigan dasturchi O'zbekistonda yo'q deb aytishardi. Shu tarzda kuzgi semester ham o'tdi.

Ikkinchi kursning bahorgi semestrida (2012 yil) "Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritm" degan yangi fan qo'shildi. Amaliyot darslaridan Abdurahimov Qudrat degan yangi domla kirarkan. Birinchi laborotoriya darsiga kirganimda, laborotoriya domlasi haqida menda "Yana bemani domlaga tushdik, domla quruq gapdan boshqa hech narsani bilmaydi" degan tassavvur hosil bo'ldi. Qudrat aka C++ dasturlash tilida masalalar yechishni boshlaganida men adashganimni tushundim. Shundan keyin men va kursdoshlarim domlani savollarga ko'mib tashladik. Biz u kishidan qo'shimcha darslar o'tishligini so'radik. U kishi yaqin orada kurs ochishlarini aytdilar va kurs ochdilar. Kurs ochganlaridan keyin men u kishiga qatnay boshladim. Shu tariqa men C++ dasturlash tilini o'rgana boshladim.

Biz shu semestrda "Ma'lumotlar Bazasi va Banki" degan fan o'tardik. Men ma'lumotlar bazasi haqida tasavvurga ega emasdim. Qudrat akadan shu haqda so'rasam, "Men bir paytlar video kurs qilgandim, shuni beraman” dedilar. Men video kursni oldim. Bu video kurs Delphi 7 muhitida ishlashni o'rgatar ekan. Shuning bir qismi ma'lumotlar bazasi haqida edi. Men video kursni ko'rib, uni Borland C++ Builder 6 muhiti orqali o'rgandim. Boshida qiyin bo'ldi, chunki C++ va Delphi sintaksisi bir-biridan farq qiladi.

Keyinchalik qiyinchiliklar ortda qoldi. Shu tariqa men Borland C++ Builder 6 ni "Delphi Expert" orqali o'rgandim. Lekin men Delphi dasturlash tili sintaksini umuman tushunmayman. Sizlarga ham "Delphi Expert" video kursini tavsiya etaman. Chunki u faqat Delphi dasturlash tili uchun mo'ljallanmagan. Undan ma'lumotlar bazasi, SQL tillari va boshqa ko'p narsani o'rgansa bo'ladi.

Qudrat akaning ishlariga omad!

Tog'ayev Shohin 210-10 guruh talabasi. 27/11/2012 yil

Buyurtma berish
To'lov yoki orqali amalga oshiriladi.

Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering.
*880*095*11*120000#

Sizni dasturchi bo'lishingizni orqaga suradigan birorta ham sababni ko'rmayapman. Siz va Sizning yangi imkoniyatlaringiz, qiyofangiz orasi bir qadam. Dasturlashni o'rganishni orqaga surmang. Hoziroq boshlang. Siz tuzmoqchi bo'lgan dasturlarni qancha odam sabrsizlik bilan kutayotganini unutmang. Hoziroq ishga kirishing.

“C++ da dasturlash asoslari video kursi”ga bonus sifatida quyidagilarni qo'lga kiritasiz:

Learn By Heart - ingliz tilini o'rgatuvchi 35 000 so'mlik dastur

1. Mening bosh maqsadim programmistlarni tayyorlash. Hozirgi kunda har qanday dasturchi ingliz tilini o'rganishi shart. Shuning uchun man shogirtlarimga Learn By Heart dasturini sovg'a qilaman.

2. Дейтел Х. М. , Дейтел П. Дж.. Как программировать на C++;

3. Глушаков С.В., Коваль А.В., Смирнов С.В. Язык программирования С++: Учебный курс.- Харьков: Фолио; М.: ООО «Издательство АСТ», 2001.-500с.

4. http://cplusplus.com - sayti ma'lumotlarining nusxasi

5. http://programmingsimplified.com - sayti ma'lumotlarining nusxasi

P.S. http://dastur.uz sayti bilan tanishib boring. Siz uchun qiziqarli elektron darslik va ma'lumotlarni berib boramiz.

P.S.S. Agar Siz o'z kasbingiz ustasi (Masteri) bo'lsangiz, biz bilan bog'laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan biz hursand bo'lamiz.

P.S.S.S. Siz tuzmoqchi bo'lgan dasturlarni qancha odam sabrsizlik bilan kutayotganini unutmang. Hoziroq ishga kirishing.