C++ Builder va Ma’lumotlar bazasi video kursi

Maqolani oxirigacha o’qisangiz video kursdan qanday manfaat olishingiz mumkinligini bilib olasiz. Xulosa qilishga shoshmasdan maqolani boshidan oxirigacha o’qing.

Video kursda nimalar o’rgatilgan?

  1. C++ Builderda vizual programmalash
  2. MS Access ma’lumotlar bazasi bilan ishlash
  3. MS SQL Server ma’lumotlar bazasi bilan ishlash
  4. MySql ma’lumotlar bazasi bilan ishlash
  5. SQL so’rovlar tili
  6. Ma’lumotlar bazasini qanday tuzish

Video kursning maqsadi nima?

Video kursning bosh maqsadi ma’lumotlar bazasini va visual programmalashni o’rgatish. C++ Builder bu maqsad yo’lidagi vosita hisoblanadi.

Nima uchun aynan C++ Builder vosita sifatida tanlanildi?

Chunki, universitetda C++ asoslari o’qitiladi. C++ Builderni davom ettirish oson bo’ladi. Keyinroq boshqa dasturlash tilini o’rganishni xohlab qolsangiz, ularni o’rganish oson bo’ladi. Buning sababi xozirgi kunda deyarli barcha visual dasturlash tillarida CheckBox, RadioButton, Button, ListBox, … kabi bir qator komponentalar borki, ularning vazifasi bir xil. Siz faqat har bir dasturlash tilida qanday ishlatilishini bilib olsangiz kifoya.

Shu o’rinda sizga bir narsani ta’kidlab o’tmoqchiman. Menga xech kim C++ ni dars o’tirib o’rgatgan emas. C++ Builderni ham xech kim o’rgatgan emas. PHP ni ham xech kim o’rgatgan emas. Faqat Saidolim yonimda o’tirib bir sayt tuzgandi. Undan qanday redaktorlardan foydalanish kerak ekanini va phpning qanday ishlasini ko’rib olganman xolos. Saidolim bilan o’zimizning CMS ni tuzishni boshlaganmiz 2007 yilda. Saidolim bir – ikkita funksiya tuzdi, qolganlarini men rivojlantirdim. Shular asosida bir nechta saytlar tuzdim. Umumiy hisobda CMS ning dastlabki 10% Saidolimning mehnati asosida, qolgan 90% mening mehnatim asosida yuzaga keldi. Bu narsalar bilan nasib qilsa PHP video kursida tanishamiz.

PHP ni oson o’zlashtirganimning sababi, dasturlashni va ma’lumotlar bazasini yaxshi bilardim. PHP ning faqat sintaksisi bilan tanishish qoldandi xolos. Yuqoridagilarni yozishdan maqsad sizga: biror narsani o’rganganda yaxshilab o’rganishni, keyin boshqa shunga o’xshash narsalarni o’rganish qulay bo’lishini, xayotda sizga har doim nimanidir o’rgatib turadigan odam bo’lmasligini, o’zingiz mustaqil harakat qilishingiz lozimligini tushuntirish.

Video kursda ma’lumotlar bazasini qanday tashkil qilish o’rgatiladi.

Ma’lumotlar bazasi – bu dasturlash tillariga bog’liq bo’lmagan, alohida narsa hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasiga istalgan dasturlash tilidan murojaat qilish mumkin bo’lib, bu murojaatni amalga oshirish dasturlash tilining vazifasi hisoblanadi. Ya’ni soddaroq qilib aytadigan bo’lsak, Access yoki SQL Serverda tuzilgan ma’lumotlar bazasiga istalgan dasturlash tilidan (Delphi, C#, C++ Builder, Java, …) murojaat qilish mumkin.

Ma’lumotlar bazasiga esa qaysi dasturlash tilidan murojaat qilinganining axamiyati yo’q. U so’rovga javob beradi xolos.

Xatto, SQL Serverda tuzilgan ma’lumotlar bazasiga, bir vaqtning o’zida har xil dasturlash tillarida tuzilgan dasturlardan murojaat qilish mumkin.

Gapning qisqasi, Ma’lumotlar bazasi dasturlashning alohida bir olami bo’lib, uni barcha dasturchilar bilishi shart.

Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashning o’ziga xos ega – kesimlari “C++ Builder va Ma’lumotlar bazasi video kursi” da o’rgatiladi. Ma’lumotlar bazasi haqida gapirganda SQL so’rovlar tiliga alohida to’xtalish lozim bo’ladi.

Structured Query Language (SQL) – strukturalashgan so`rovlar tili. SQL – ma'lumotlar bazasini hosil qilish, o'zgartirish va boshqarish uchun mo'ljallangan universal til hisoblanadi. Video kursda SQL so’rovlar tilining asoslari o’rgatiladi. Sizga yana bir muxim narsani aytaman, ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni bilishlik yaxshi, lekin bu asosiysi emas. :) Eng muximi va qiyin qismi ma’lumotlar bazasini qanday tashkil qilish, ma’lumotlar bazasi strukturasini tashkil qilishni bilish. Ma’lumotlar bazasi strukturasini qanday tashkil qilishni video kursda berilgan 30 ta predmet soha yordamida o’rganishingiz mumkin bo’ladi.

C++ Builder va Ma’lumotlar bazasi video kursidan quyidagilarni bilib olasiz:

  • C++ Builderda vizual programmalash
  • MS Access ma’lumotlar bazasi bilan ishlash
  • MS SQL Server ma’lumotlar bazasi bilan ishlash
  • MySql ma’lumotlar bazasi bilan ishlash
  • SQL so’rovlar tili
  • Ma’lumotlar bazasini qanday tuzish

C++ Builder va Ma’lumotlar bazasi video kursi
narxi 120 000 so’m.

Buyurtma berish
To'lov yoki orqali amalga oshiriladi.

Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering.
*880*095*11*120000#

Eng ko’p so’raladigan savollarga javoblar:/

1 – Savol: C++ da dasturlashni bilmasdan turib “C++ Builder va Ma’lumotlar bazasi” video kursini o’rgansa bo’ladimi?

Javob: Yo’q. “C++ Builder va Ma’lumotlar bazasi” video kursi C++ da dasturlash asoslarini biladiganlar uchun. Men ko’p narsalarni “C++ da dasturlash asoslari” video kursida o’rgatganman. Bu yerda u narsalar takrorlanmaydi. Chunki, o’rganiladigan narsa ko’p. Bir narsani hamma video kursda takrorlasak unda qachon o’rganib bo’lamiz. “C++ Builder va Ma’lumotlar bazasi” video kursi “C++ da dasturlash asoslari” video kursining davomi hisoblanadi.

“C++ Builder va Ma’lumotlar bazasi”ga bonus sifatida Test Master dasturini qo’lga kiritasiz:

Test Master dasturi

Mening bosh maqsadim programmistlarni tayyorlash. Hozirgi kunda har qanday dasturchi ingliz tilini o'rganishi shart. Shuning uchun men shogirtlarimga Test Master dasturini sovg'a qilaman.
Buyurtma berish
To'lov yoki orqali amalga oshiriladi.

Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering.
*880*095*11*120000#

Video kurs quyidagi mavzularni o`z ichiga olgan:


Buyurtma berish
To'lov yoki orqali amalga oshiriladi.

Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering.
*880*095*11*120000#

Atoyev Burxon TATU KOICA va Samsung komponiyasi bilan hamkorlikda o'tkazilgan Dasturiy ta'minot TATU-2014 tanlovi g'olibi

Men Atoyev Burxon 2013 yil TATUga matematika fizikani yaxshi bilganim uchun o'qishga kirdim. To'g'risi o'qishga kirishda dasturchi bo'lish niyatim yo'q edi. "Dasturlashni o'rganish qiyin, menga keragiyam yo`q, chunki matematika va fizikadan bilimlarim yetarli. Matematika va fizikadan qo'shimcha dasrlar o'taman. Menga yetarli" - deb o'ylardim.

Shuning uchun dasturlashni o'rganmadim. Xamma fanim 5 baho bo'lsa, "Dasturlash asoslari" fanidan ham domla 5 baho qo'yib beradi deb o'yladim. Oxir oqibatda 1 - semestrda "Dasturlash asoslari" fanini zo'rg'a 3 - qayta topshirishda 3 bahoga yopdim.

Keyingi semestrda "Dasturlash asoslari" fanidan yaxshi baho olishga harakat qila boshladim. C++ da dasturlashni o'rganayotgan bolalardan Qudrat akaning "C++ da dasturlash asoslari" ma'ruzalar matnini ko'chirib oldim.

Ma'ruzada yozilishicha 1000 ta masala yechimi bilan berilgan ekan. Keyin Qudrat akaning ofisiga borib "C++ da dasturlash asoslari video" kursni oldim. Lekin Qudrat aka bilan uchrasha olmadim. U kishi Xorazmda ekanlar. Ustoz bilan ko'risha olmasam ham, Video kursda ma'ruzalari hammaga tushunarli qilib, nozik joylarigacha juda yaxshi bayon qilingan ekan. Video kursni yarmini o'rgandim. Lekin baribir 2 - semestrni 5 bahoga emas, 4 bahoga yopdim. Xamma fan 5 faqat "Dasturlash asoslari" fani 4 baho bo'lib qoldi.

2 - kursda qiynalib yurmay deb "C++ Builder va Ma'lumotlar bazasi" video kursini ham oldim. 2014 yil kuz. 2 - kurs ham boshlandi. "C++ da dasturlash" fanidan tajriba va kurs ishlarini 10 dekabrgacha topshirishni Shoista Kasimova qattiq tayinladilar.

Shu safar 5 baho olmasam bo'lmaydi deb qattiq harakat qildim.

Ustozimiz Shoista opa talabalar o'rtasida "Dasturiy ta'minot TATU-2014 tanlovi" bo'layotganini aytdilar va tayyorlagan kurs ishlarimizni tanlovga topshirishni maslaxat berdilar.

Mening maqsadim 5 baho olish edi. Lekin C++ da dasturlashni astoydil o'rganishni boshladim, natijada dasturchi bo'lishga qiziqib qoldim. Ko'p narsani bilmayman, biroq bilganlarim asosida qilgan dasturim tanlovda g'olib bo'ldi. Tanlovga 2 ta dastur topshirgan edim. Dasturlarimning har biriga bittadan Samsung GALAXY Tab 4 berildi. Bitta oq, bitta qora :). Oqi o'zimniki, qorasiyam :).


Atoyev Burxon "Dasturiy ta'minot TATU-2014" tanlovi g'olibi


Shu o'rinda ustozim Shoista Kasimovaga dasturlashni o'rganishni qattiq talab qilganlari uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Bu yutug'imda, ustozimiz Qudrat Abdurahimovni video kurslarini o'rni juda ham katta, ularni hali to'liq o'zlashtirmay turib, shunday yutuq nasib qildi. Dasturchi bo'lishni xohlaganlarga Qudrat Abdurahimovni video kurslarini o'rganishni tavsiya qilaman, ishonchim komilki bu video kurslar siz uchun manfaatli va foydali bo'ladi.

Buyurtma berish
To'lov yoki orqali amalga oshiriladi.

Click dan USSD so’rovi orqali pin kodni olish uchun
telefoningizda quyidagi so'rovni tering.
*880*095*11*120000#