tizimi orqali to’lovni amalga oshirish

Dastur.uz sayti uchun “Click” orqali pin – kodlarni xarid qilish 2 xil usul orqali amalga oshiriladi:

1) https://m.click.uz, https://my.click.uz shaxsiy kabineti orqali

2) USSD so’rovi orqali, *880*095*11*pin-kod-narxi#

Masalan: *880*095*11*35000#

Bu so’rov orqali 35 000 so’mlik pin kod xarid qilinadi.

Pin kodlarning quyidagicha nominallari bor:

  1. 13000 so’m
  2. 25000 so’m
  3. 35000 so’m
  4. 50000 so’m
  5. 65000 so’m
  6. 120000 so’m

Pin kodni xarid qilishdan oldin, dastur.uz sayti orqali qaysi dastur uchun qaysi nominal to’g’ri kelishini aniqlab oling.

To’lovni amalga oshirgandan keyin, Sizga pin kod va seriya raqami yozilgan SMS xabar keladi. Bu pin kod va seriya raqami orqali dasturlarni yuklab (ko’chirib) olishingiz va dastur kalitini o’rnatishingiz mumkin.

To’lovni amalga oshirish komissiyasi 0%.

“Click” – mobil telefonlari va internet banking orqali mobil aloqa operatorlari, internet provayderlar, kommunal xizmatlar uchun to’lovni amalga oshirish, xamda internet do’konlardan onlayn xaridlarni amalga oshirish tizimidir. Barcha to’lovlar Sizning plastik kartangiz yoki bankdagi hisob raqamingiz orqali amalga oshiriladi.

“Click” ning afzallik va imkoniyatlari:

  • To’lovni kunning istalgan paytida, xech qanday komissiyasiz uyingizdan yoki ishxonangizdan chiqmagan xolda amalga oshirish;
  • Telefoningizga hech qanday qo’shimcha dasturni o’rnatish talab qilinmaydi;
  • Hisob raqamingiz bilan bo’ladigan har qanday operatsiya SMS xabar orqali bildiriladi;
  • Va boshqa ko’plab afzalliklar.

To’liq ma’lumot olish uchun click.uz saytiga kiring.