C++da dasturlash asoslari video kursi
Men Delphi, C++, C#, Java, PHP bo’yicha ham elektron darslik qilishni oldimga maqsad qilib qo’yganimni oldingi maqolalarda aytganman. Pascal va Delphi bo'yicha video kurs chiqqanidan ham xabaringiz bor. Endi navbat C++ ga keldi. Xo'sh, "Nima uchun C++ ni o'rganishim kerak?" degan savolga javob izlasak. Buning bir nehchta sabablari bor. C++ tili Bern Stroustrup (Bjarne Stroustrup) tomonidan 1979 yil ishlab chiqilgan. Boshida Sraustrup yangi tilni "C with Class" deb nomladi. Keyinchalik 1983 yilda bu nom C++ ga o'zgartirildi. C++ oddiy C dasturlash tiliga yangi imkoniyatlarni, funksiyalarni, ob'ektga yo'naltirilganlik xususiyatlarini olib kirdi.






